Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori РhD.27.06.2017.К.05.01- raqamli ilmiy kengashning 1-yig‘ilishi o‘tkazildi. || Ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2016.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash ochildi || Фарғона давлат униерситетида 2017/2018-ўқув йили қабулини ташкил этиш бўйича МАЪЛУМОТ || Farg’ona davlat universitetida professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarining nashr ettirilish holati. || O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi to’g’risida || Ilmiy kengash faoliyati to’g’risida

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 26
  • Arizalar: 18
  • Shikoyatlar: 3
  • Takliflar: 5
Ko`rib chiqilganlar: 26
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Bizning manzilimiz


Bizning stipendiatlar


Mamanazarov Azizbek Otajon o`g`li
(O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori)

1992-yil 10-oktyabrda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug’ilgan. 2011-2012 o’quv yilida FarDU fizika-matematika fakultetining matematika yo’nalishiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan. Bakalavriat bosqichida professor A. K. Urinov ilmiy rahbarligida “ Aralash parabolik tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusida tadqiqotlar olib borgan. 2014-2015 o’quv yilida Ulug’bek nomli davlat stipendiyasi sohibi bo’lgan. Hozirda FarDU magistratura bo’limining Matematika (differensial tenglamalar) mutahasisligi II bosqich talabasi. Ustozi professor A. K. Urinov ilmiy rahbarligida “Aralash parabolik va parabolo-giperbolik tipdagi differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusida izlanishlar olib bormoqda. Hozirga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plamlarida chop etilgan. Bundan tashqari ilmiy rahbari bilan hammualliflikda “Aralash parabolik va parabolo-giperbolik tipdagi differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” nomli monografiyasi chop etishga tayyorlangan. Mutaxassislik fanlaridan tashqari chet tillarini o`rganib boradi.


Xasanov Azamatjon Azimjon o‘g‘li
(Ulug`bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori)

1991 yil 18 yanvarda Andijon viloyati Marhamat tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1998 yil Marhamat tumanidagi 18-o‘rta maktabga qabul qilindi. 2009 yili maktabni imtiyozli tamomladi. 2013 yili Farg‘ona davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining “Kasb talimi (Informatika va axborot texnologiyalari)” yo‘nalishiga hujjat topshirib o‘qishga qabul qilindi. O‘qish davrida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent M.M.Turdimatov ilmiy rahbarligida “Maxsus va standart funksiyalar uchun hisoblash qurilmalari va parallel algoritmlar yaratish usullari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi. Ushbu talaba Respublika va universitet miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan ilmiy-nazariy anjumanlarda, ishtirok etib kelgan. U tomonidan 20 dan ortiq maqolalar Respublika va viloyat matbuoti sahifalarida, ilmiy to‘plamlarda chop etildi. Bundan tashqari universitetda o‘tkazilayotgan ma’naviy-tashkiliy ishlarda ham o‘z iqtidorini ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati universitet boshlang‘ich tashkiloti “Fizika- matematika” fakulteti sardori. 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.


Turg'unov Jasurbek Alimardon o'g'li
(Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori)

1995 yil 25 iyunda Qo'qon shahrida tug'ilgan. Farg'ona davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo'nalishi 4-kurs talabasi. Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. O'qish davomida turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda va yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda. Jasurbek "Zakovat", "Soliq bilimdonlari", "English language learners"(Ingliz tili o'rganuvchilari) klublarining yetakchi a'zosidir. U rus va ingliz tillarini mukammal egallagan. Hozirda u "Mamlakatimiz real sektori korxonalarida zamonaviy menejment usullaridan foydalanish va ularni takomillashtirish yo'nalishlari" mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Jasurbek ushbu mavzu yuzasidan 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar yozgan.


Raxmatova Iqbolxon Inomjonovna
(Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori)

Raxmatova Iqbolxon Inomjonovna 1976 yil 7 aprelda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2013 yilda Farg‘ona davlat universitetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.Hozirgi kunda FarDU pedagogika fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi IV bosqich talabasi. Raxmatova Iqbolxon Inomjonovna “Tasviriy san’at fanida bolalarni estetik tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. Uning 12 tadan ortiq tezis va ilmiy maqolalari mavjud bo‘lib, ulardan 2 tasi Rossiya davlatining “Ученый XXI века” Xalqaro ilmiy jurnalida chop etilgan. 2015 yilda AmirTemur tavalludiga bag‘ishlangan Farg‘ona viloyati bo‘yicha 5 ta oliygohlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Temuriy malikalar” mavzusidagi iqtidorli talabalar bellashuvida o‘zining ijodiy dizaynerlik mahorati bilan faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2016 yil may oyida NamDU da o‘tkazilgan “Yoshlar festivali” san’at ko‘rgazmasida o‘zining “Manzara”, “Natyurmort”, “Kompozitsiya” ijodiy ishlari bilan faol qatnashib, “Yurtim ranglar jilosida” deb nomlangan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Hasanova Ozoda Qurbonali qizi
(O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori)

1991 yil 21 iyunda Rishton tumanida tug`ilgan. Farg`ona Davlat Universiteti magistratura bo`limi lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi 2-kurs talabasi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiati sovrindori. Fanlarni a`lo baholarga o`zlashtirish bilan birga respublika hamda universitet miqyosidagi ilmiy anjumanlarda tezislar bilan muntazam qatnashib kelmoqda. 20 ga yaqin ilmiy maqolalar, 3 ta o`quv uslubiy (hammualliflikda) qo`llanmasi e`lon qilingan. Nemis, ingliz, rus tillarda erkin so`zlashadi. Ayni vaqtda “Nemis tili grammatikasi o`rgatish va o`rgnish muammolari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
H/r: 400910860304017950100079001
STIR: 201133366 MFO: 00014


Axborot texnologiyalari markazi
Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

© Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016