Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Universitetda “Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli an’anaviy IV Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi bo’lib o’tdi || 16 may 2017 yil kuni Farg’ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchilari F.Soliev, M.Yuldasheva va SH.Omonovlar tomonidan Farg’ona shahar Huquqshunoslik kollejida “Yoshlar tarbiyasi – porloq kelajak mevasi" || Oila muqaddasdir || 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida || “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali || RESPUBLIKA ОLIMPIАDА 2017 YAKUNLАRI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 14
  • Arizalar: 9
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 3
Ko`rib chiqilganlar: 14
Yo`naltirilganlar: 1
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • 15 May 10:49   Universitet yangiliklari

    2017 yil 15 may kuni “XXI asrda psixologik salomatlik: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi

    2017 yil 15 may kuni Farg’ona davlat universitetining Pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasida «XXI asrda psixologik salomatlik: muammo va yechimlar» Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Anjuman maqsadi: jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar tezlik bilan amalga oshirilayotgan, texnika va texnologiyalar jadal rivojlanayotgan, shaxsning psixik zo’riqishlari oshib borayotgan davrda shaxs psixologik salomatligi bilan bog’liq dolzarb masalalar, muammolar va ularning yechimini topishga oid psixologiya fanining ilmiy va amaliy yutuqlarini yoritish, shuningdek, Respublika mutaxassislari uchun o’zaro ilmiy-amaliy hamkorlik o’rnatish, tajriba olmashish, kelajakda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlar mazmuni va yo’nalishlarini belgilab olishga ko’maklashishdir.

    Anjumanda Respublika OO’Yu olimlari, pedagoglari, iqtidorli talablari, shuningdek Farg’ona viloyati ta’lim muassasalalari psixologlari ishtirok etdilar.

    Tadbirni Farg’ona davlat universiteti rektori А.Х. Хаитбаев ochib berdi. Anjuman yalpi majlisida ma’ruzalari bilan p.f.d., professor V.M.Karimova, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori A.S. Begmatov, Jizzax DPI professori, p.f.n. X. A. Meliev, Farg’ona VXTXQTMO instituti rektori, p. f. n., dotsent, M. Yu. Atadjanov, FDU psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent M.Isakovalar ishtirok etib, tinglovchilarda katta qiziqish  o’yg’otdilar va qizg’in baxs munozarada berilgan savollarga javob berdilar.

    Yalpi majlisdan so’ng anjuman faoliyati 5 ta sho’bada davom etdi.

    Tadbirning yakuniy qismida ishtirokchilar fikri va takliflari asosida xulosalar ishlab chiqildi, shuningdek, chop etilgan anjuman tezis va maqolalar to’plamlari mualliflarga topshirildi.

    Ishtirokchilar anjuman yuqori saviyada o’tganligi, taqdim etilgan tadqiqotlarning nazariy va amaliy natijalari katta ahamiyatga egaligi, psixologik salomatlik bo’yicha ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshirish strategiyasini belgilashga imkon berganligini ta’kidlab o’tishdi.

    Tayyorladi: Abdukadirova Laura – psixologiya kafedrasi o’qituvchisi.

    Kirituvchi: Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi Laura Abdukadirova



    Bildirilgan izoh va fikrlar

    Fikr bildirish uchun iltimos, avtorizatsiyadan o`ting.

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016