Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Universitetda “Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli an’anaviy IV Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi bo’lib o’tdi || 16 may 2017 yil kuni Farg’ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchilari F.Soliev, M.Yuldasheva va SH.Omonovlar tomonidan Farg’ona shahar Huquqshunoslik kollejida “Yoshlar tarbiyasi – porloq kelajak mevasi" || Oila muqaddasdir || 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida || “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali || RESPUBLIKA ОLIMPIАDА 2017 YAKUNLАRI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 14
  • Arizalar: 9
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 3
Ko`rib chiqilganlar: 14
Yo`naltirilganlar: 1
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • 16 May 16:51   Madaniyat

    “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali

    Universitetda har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Talaba bahori” yoshlar festivali 2017 yil may oyining 10-12 kunlari fakultetlar o‘rtasida o‘tkazildi.

    Ushbu festival talaba yoshlar sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit, o‘zaro samimiy do‘stona munosabatni shakllantirishga xizmat qilib, talabalarning o‘z iqtidori va iste’dodlarini namoyon etishga imkon yaratmoqda.

    Festivalning nizomiga ko‘ra 9-ta fakultet jamoalari 4-ta shart bo‘yicha, ya’ni “Talaba bahori”, “Sardorlar bellashuvi” “Talabalar teatri”, “Yangi mavsum” nom ostida musiqalar, qo‘shiqlar, taniqli san’atkorlar qo‘shiqlariga o‘xshatmalar, yoshlar hayotida uchraydigan qiziq voqealar, illatlar, kamchiliklar kulgu ostiga olingan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Jamoalar chiqishlarining mazmuni, hayotiyligi, dolzarbligi, hazil-mutoyibaga boyligi, musiqa va qushiqlardan foydalanganligi, quvnoqligi hamda ishtirokchilar ijro mahorati nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

    “Talaba bahori” yoshlar festivalining yakuniy natijalari asosida fakultetlarning jamoalari 1-2-3 o‘rin hamda 8-ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar hakamlar xay’ati tomonidan 18 may kuni e’lon qilinadi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi universitet rahbariyati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti, kasaba uyushma qo‘mitasi, ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

    Kirituvchi: Axborot texnologiyalari markazi texnigi Barno Shadmanova



    Bildirilgan izoh va fikrlar

    Fikr bildirish uchun iltimos, avtorizatsiyadan o`ting.

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016