Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori РhD.27.06.2017.К.05.01- raqamli ilmiy kengashning 1-yig‘ilishi o‘tkazildi. || Ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2016.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash ochildi || Фарғона давлат униерситетида 2017/2018-ўқув йили қабулини ташкил этиш бўйича МАЪЛУМОТ || Farg’ona davlat universitetida professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarining nashr ettirilish holati. || O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi to’g’risida || Ilmiy kengash faoliyati to’g’risida

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 26
  • Arizalar: 18
  • Shikoyatlar: 3
  • Takliflar: 5
Ko`rib chiqilganlar: 26
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • O`qituvchilar uchun

    Reyting nizomi

     Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida

    NIZOM

     

    Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 13 dekabrda 1222-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

    Topshiriqqa muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 12 dekabrdagi 470-sonli buyrug‘i bilan Nizomga o‘zgartirish va Ko‘shimchalar kiritilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 13 dekabrda 1222-2-son bilan davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazilgan.)

    Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) konunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-sonli “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari to‘plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.

    1. Umumiy qoidalar

    1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali rakobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

    1. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

    b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;

    v) fanlarning talabalar tamonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

    g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

    d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;

    e) talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;

    j) o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.

    3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

     

    1. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi

    4. Nazorat turlari, uni o‘tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasining (fakultet) o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg‘ulot turlari bilan birgalikda ko‘rsatiladi.

    5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari hakidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.

    6. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:

    joriy nazorat - talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;

    oraliq nazorat - semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy - ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

    yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. YAkuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “YOzma ish” (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun “YOzma ish” yoki OTKS (ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov)) shaklida o‘tkaziladi.

    Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarining ayrim fanlari xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda fakultet kengashi yoki oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi qarori asosida ko‘pi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og‘zaki, test va xokazo) o‘tkazilishi mumkin.

    Nazorat turlarini o‘tkazishda xolislikni ta’minlash maqsadida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularning nazorat ishlariga oliy ta’lim muasasasi tomonidan identifikatsiya kodi berish orqali shifrlanishi mumkin.

    7. Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan xollarda oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi.

    8. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi yoki o‘quv-uslubiy bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan xollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi.

    9. O‘quv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga ko‘ra talabalarni keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.

    1. Baholash tartibi va mezonlari

    10. Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarining nazorat qilinishi reyting tizimi asosida har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

    11. Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.

    Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

    yakuniy nazoratga - 30 ball;

    joriy va oraliq nazoratlarga - 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).

    13. Talabaning reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi - 100 ballik tizimda baholanadi.

    14. Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o‘rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:

    a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

    xulosa va qaror kabul qilish;

    ijodiy fikrlay olish;

    mustaqil mushohada yurita olish;

    olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;

    mohiyatini tushunish;

    bilish, aytib berish;

    tasavvurga ega bo‘lish.

    b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi kuyidagilarga javob berishi lozim:

    mustaqil mushohada yurita olish;

    olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;

    moxiyatini tushunish;

    bilish, aytib berish;

    tasavvurga ega bo‘lish.

    v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

    moxiyatini tushunish;

    bilish, aytib berish;

    tasavvurga ega bo‘lish.

    g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:

    aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;

    15. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi.

    16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim muassasalariga etkaziladi.

    17. Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chikkan holda baholanadi.

    18. Talabaning fan bo‘yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi;

    bu erda:

    V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);

     -fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).

    19. Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

    Joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori ballni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.

    Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.

    20. Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.

    1. Nazorat turlarini o‘tkazish muddati

    21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy bo‘lim (o‘quv-uslubiy boshqarma) tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YAkuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.

    22. Talaba fan bo‘yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo‘yicha to‘plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.

    23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.

    Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning ruxsatnomasi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.

    24. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.

    Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida semestr yakunida fan bo‘yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

    Toshkent davlat yuridik universitetida talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki yakuniy nazorat bo‘yicha to‘plangan bali ushbu nazorat turi umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.

    Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari bo‘yicha esa, talabalarning yozgi ta’tili hamda professor-o‘qituvchilarning mehnat ta’tilidan so‘ng) qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy bo‘lim (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

    25. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy bo‘lim (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘iga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy bo‘lim (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.

    Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.

    26. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.

    1. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi

    27. Talabaning fan bo‘yicha nazorat turlarida to‘plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining “O‘quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklama soatlari, “Fandan olingan baho” ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirishi qo‘yiladi.

    Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.

    28. Har bir fan bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh jurnali hamda qaydnomada kayd etiladi va shu kunning o‘zida (nazorat turi yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e’tiboriga etkaziladi.

    29. YAkuniy nazorat natijalariga ko‘ra fan o‘qituvchisi talabalarning fan bo‘yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to‘ldiradi.

    Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fan bo‘yicha reytingi reyting qaydnomasi va ushbu tizimga qayd etiladi.

    1. Talabaning reytingi uning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) bo‘yicha umumiy reytingi barcha fanlardan to‘plangan reyting ballari yig‘indisi orqali aniqlanadi.

    31. Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o‘quv yili yakunlangandan so‘ng e’lon qilinadi.

    32. Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan bo‘lsa, reytinglar yig‘indisi olinadi.

    Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi hisobga olinadi.

    33. Talabalarning nazorat turlari bo‘yicha erishgan natijalari kafedralar, dekanatlar va o‘quv-metodik bo‘linmalarida kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda taxlil qilib boriladi.

    34. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muxokama etib boriladi va tegishli karorlar kabul qilinadi.

    1. YAkuniy qoidalar

    35. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat test markazi test baholari va reyting ballarining xolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.

    36. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida xal qilinadi.

    37. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan xolda ishlab chiqilgan.

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016