Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori РhD.27.06.2017.К.05.01- raqamli ilmiy kengashning 1-yig‘ilishi o‘tkazildi. || Ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2016.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash ochildi || Фарғона давлат униерситетида 2017/2018-ўқув йили қабулини ташкил этиш бўйича МАЪЛУМОТ || Farg’ona davlat universitetida professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarining nashr ettirilish holati. || O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi to’g’risida || Ilmiy kengash faoliyati to’g’risida

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 26
  • Arizalar: 18
  • Shikoyatlar: 3
  • Takliflar: 5
Ko`rib chiqilganlar: 26
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Abituriyentlar uchun

    Harbiy imtiyozli abituriyentlar uchun

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
    Qarori

    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

    [Ko‘chirma]

    Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam hayotiy prinsiplar, yuksak vatanparvarlik fazilatlari shakllanadigan jismoniy va ma’naviy chiniqish maktabi ekanligini;

    fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi samaradorligini oshirishning moddiy, axloqiy va ma’naviy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish zarurligini hisobga olib;

    harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib:

    2. O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarga, ular o‘qish davrida «Kamolot» harakatining talaba tashkilotlari faoliyatida faol ishtirok etgan taqdirda kontrakt summasining 35 foizini to‘lov tariqasida moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

    O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Markaziy kengashiga (B. Ubaydullaev) Moliya vazirligi (S. Rahimov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish qoidalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.

    3. Mudofaa vazirligi (Q. G‘ulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov):

    jangovor va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuksak natijalar ko‘rsatgan, namunali harbiy intizomga ega muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga mamlakat oliy o‘quv muassasalariga o‘qishga kirish uchun beriladigan tavsiyanomalar sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rsin;

    Adliya vazirligi (B. Mustafoev) bilan hamkorlikda bir oy muddatda jangovor guruhlar, vzvodlar, batalon va brigadalar komandirlarining qabul qilayotgan qarorlari xolisligi uchun shaxsiy javobgarligini e’tiborga olgan holda, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

    harbiy qism qo‘mondonligining muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga oliy o‘quv muassasalariga imtiyozli shartlar asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma blankasining yagona shaklini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

    Davlat test markazi (B. Ismoilov) bilan birgalikda uch oy muddatda Qurolli Kuchlar qo‘shinlari turlarining jangovor-xizmat vazifalari xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovor va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik dasturini o‘zlashtirishini yakuniy baholash uchun testlar ishlab chiqsin; test natijalari muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berishda hisobga olinsin.

    Belgilansinki, 2005 yilning dekabrigacha Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatilgan va harbiy qism qo‘mondonligining eski namunadagi tavsiyanomasiga ega fuqarolar mamlakat oliy o‘quv yurtlariga kirishda ushbu qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.

    4. Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabiga (V. Mahmudov), Ichki ishlar vazirligiga (Z. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmatiga (R. Inoyatov):

    Xalq ta’limi vazirligi (T. Jo‘raev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (F. Nazirov), Davlat test markazi (B. Ismoilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chaqiruv komissiyalari rahbarlari bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolarni test sinovi va tanlov asosida saralash bo‘yicha mavjud tizimni chuqur tahlil qilish, uni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, shuning bilan birgalikda chaqiriluvchilarning sog‘ligi va intellektual saviyasini xolis o‘rganishga qaratilgan zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llash;

    bir hafta ichida muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarning boshlang‘ich harbiy tayyorgarligi dasturini o‘rganib chiqish; harbiy qismlar kun tartibiga, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari rejasi va dasturlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, bunda harbiy xizmatchilarni tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishlari uchun haftasiga kamida 4 soatlik qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilsin;

    harbiy okruglar qo‘mondonlari bilan birgalikda harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni samarali tarzda kasbga yo‘naltirish, xizmatni o‘tash davrida harbiy va fuqarolik mutaxassisliklarini egallashlariga, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashga qaratilgan zarur tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratish.

    5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga (R. Qosimov), Davlat test markaziga (B. Ismoilov):

    muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga samarali tayyorgarlik ko‘rishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish, mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida armiyada xizmat qilgan abiturientlar uchun bepul asosda faoliyat yuritadigan tayyorlov kurslari tarmog‘ini kengaytirishni ko‘zda tutish;

    O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Oripov), Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi (V. Mahmudov) bilan birgalikda «ZiyoNET» yoshlar ma’rifiy tarmog‘ida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni mamlakatimizning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishlari uchun masofali kasbga yo‘naltirish, o‘qitish va uslubiy tayyorlashga yo‘naltirilgan maqsadli axborot resursini yaratish; belgilangan tartibda unga harbiy qismlar va birlashmalar kompyuter sinflarining ulanishini ta’minlash;

    2006 yilning 1 apreligacha oliy o‘quv yurtlari tayyorlov kurslari va harbiy qismlar kutubxonalarini o‘qishga kirish uchun zarur bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar bilan ta’minlash.

    6. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:

    Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 oktyabrdagi «Muddatli harbiy xizmatchilarga va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi 496-sonli qarorining 3-bandi;

    Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oddiy askarlar va serjantlar tarkibida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi 227-sonli qarorining 3-bandi 1-xatboshisi.

    7. Mudofaa vazirligi (Q. G‘ulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov), Adliya vazirligi (B. Mustafoev) bilan birgalikda bir oy ichida mazkur qarordagi talablarni e’tiborga olgan holda belgilangan tartibda me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin.

    8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S. Rahimov) Davlat test markazi va oliy o‘quv yurtlari smetasida test sinovlarini o‘tkazish va oliy ta’lim muassasalari hamda harbiy qismlardagi tayyorlov kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazishga jalb etiladigan o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash xarajatlarini ko‘zda tutsin.

    10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH. Mirziyoev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi kotibi R. Mirzaev zimmasiga yuklatilsin.

    O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

    Toshkent sh.,
    2005 yil 31 oktyabr,
    213-son

    [Manba: lex.uz]

     


     

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
    Qarori

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI SAFIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O‘TAB BO‘LGAN FUQAROLARGA IMTIYOZLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

    Qurolli Kuchlar qismlari va bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarga respublika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berishda tegishli tartib o‘rnatish, shuningdek ularga berilayotgan imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi omillarini kuchaytirish maqsadida:

    1. 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.

    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlarning qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi;

    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, ammo ular uchun imtiyozlar bo‘yicha belgilangan qo‘shimcha ballarni hisobga olgan holda tanlovdan o‘ta olmagan abiturientlarning respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalari, test sinovlari tugagandan keyin 10 kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

    Bunda abiturient tanlagan boshqa oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish tasdiqlangan umumiy qabul kvotasi doirasida, imtiyozlar bo‘yicha belgilangan qo‘shimcha ballni hisobga olgan holda, fanlar bo‘yicha topshirilgan test sinovlari fanlar to‘plami (bloki) va abiturient tomonidan to‘plangan ballarga muvofiq, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

    2. Vazirlar Mahkamasi 2012 yilning 10 iyuligacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni, ushbu qarorning 1-bandida bayon etilgan talablarni hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarga respublikaning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berish chog‘ida tegishli tartib o‘rnatilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari, tavsiyanomalar jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga, zarur bilim darajasiga ega bo‘lgan munosib nomzodlargagina berilishini nazarda tutishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirilsin.

    4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ–213-son qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

    qonun hujjatlariga ushbu hujjatdan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

    idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.

    5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M. Mirziyoev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi H.A.Muhitdinov zimmasiga yuklansin.

     

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

    Toshkent sh.,
    2012 yil 31 may,
    PQ-1765-son

     [Manba: lex.uz]

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016