Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Universitetda “Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli an’anaviy IV Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi bo’lib o’tdi || 16 may 2017 yil kuni Farg’ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchilari F.Soliev, M.Yuldasheva va SH.Omonovlar tomonidan Farg’ona shahar Huquqshunoslik kollejida “Yoshlar tarbiyasi – porloq kelajak mevasi" || Oila muqaddasdir || 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida || “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali || RESPUBLIKA ОLIMPIАDА 2017 YAKUNLАRI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 14
  • Arizalar: 9
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 3
Ko`rib chiqilganlar: 14
Yo`naltirilganlar: 1
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Talabalar uchun

    Tadbirlar, bellashuvlar

    11 dekabr kuni o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi M.Hamidov mas’ulligida 25 nafar fakultet iqtidorli talabalarining Qo‘qon shahriga bepul sayohatlari tashkil etildi. 

     

    “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” oyligini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan fakultet tadbirlar rejasiga muvofiq, 2015 yil 10 dekabr kuni universitet katta malislar zalida tadbir o‘tkazildi. Unda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Farg‘ona hududiy bo‘linmasi katta mutaxassisi Ma’mura Ismoilova ma’ruza qildi. Tadbirda filologiya fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishi, qo‘shiq va raqslar ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Ushbu tadbirda fakultetning professor-o‘qituvchilari (42 nafar) hamda talabalar (203 nafar) qatnashdi.

     

    2015 yil 9 dekabr kuni universitet ARMda o‘zbek tili yo‘nalishi 1 “A” guruhda o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Alimova tomonidan “ISHID fitnasi” mavzusida ma’naviyat ochiq “Axborot soati” o‘tkazildi. Unda videorolik va talabalar tomonidan sahnalashtirilgan lavhalar namoyish etildi. Ushbu ochiq “Axborot soati”da fakultet dekani v.v.b. M.Mamajonov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Do‘smatov, fakultet murabbiylar kengashi raisi M.Omonov hamda o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri E.Ibragimovalar ishtirok etdilar.

     

    2 dekar kuni “Nilufar” TTSda “Sog‘lom hayot – shiorimiz” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri etakchi mutaxassisi, oliy toifali shifokor R.Xodjaeva, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali ginekologi, oliy toifali shifokor E.Eralieva, FarDU xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Sobirova, FarDU bosh shifokori G.Nazarova, filologiya fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi G.Akramova, o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri E.Ibragimova, fakultet kafedralari professor-o‘qituvchilari (16 nafar), talaba-qizlar (250 nafar) qatnashdilar.

     

    2015 yil 30 noyabr hamda 1 dekabr kunlari universitet markaziy o‘yingohida o‘tkazilgan “Oitssiz kelajak sari”, “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida fakultetlar o‘rtasida o‘tkazilgan mini futbol musobaqasida fakultet jamoasi 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan “Faxriy yorliq”, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

     

    26 noyabr kuni soat 10:00da “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida universitet katta majlislar zalida taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Azimjon Rahimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Adabiyotshunoslikning dalzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman hamda olim hayotiga bag‘ishlangan “Toshqin va sokin daryo” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Dastlab mehmonlar tomonidan A.Rahimovning qabri ziyorat qilindi. Soat 10:00da anjumanni FarDU rektori SH.Tashmatov ochib berdi. SHundan so‘ng FarDU professori, f.f.d. Y.Solijonov, SamDU professori B.Yo‘ldoshev, AnDU professori D.Quronov, GulDU professori Q.Yo‘ldoshev, QDPI dotsenti M.Hoshimova, SamDU dotsenti A.Nosirov, FarDU dotsenti A.SHarafiddinov, Q.Ruzmatzodalar ma’ruza qildilar. Ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga “Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari” nomli to‘plam taqdim etildi. Unshu tadbirda 215 nafar ishtirokchilar qatnashdi.

     

    2015 yil 23 noyabr kuni soat 11:00 da «Nilufar» TTSda 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka qabul” marosimi o‘tkazildi. tadbirni fakultet dekani Z.Rahimov ochib berdi. SHundan so‘ng barcha talabalar tomonidan “Talabalik qasamyodi” qabul qilindi. Tadbir so‘ngida talabalarga talabalik guvohnomasi va  reyting daftarchasi berildi. Unda 36 nafar professor-o‘qmtuvchilar hamda talabalar 200 nafar 1-kurs talabalari qatnashdi.

    Ushbu tadbirning mantiqiy davomi sifatida 25 noyabr kuni “Nilufar” TTSda rus tili, rus tili va adabiyoti yo‘nalishida “Posvyaщena v studentы – 2015” mavzuida ko‘tarinki ruhda tadbir tashkillandi. Unda talabalar tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, ko‘y va qo‘shiqlar barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Ushbu tadbirda 41 nafar professor-o‘qituvchi hamda 180 nafar talabalar qatnashdi.

     

    16-20 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida filologiya fakulteti iqtidorli talabalaridan iborat “Sarbon” jamoasi o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri E.Ibragimova mas’ulligida munosib qatnashib, faxrli o‘rinni egalladilar. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

    21 noyabr kuni universitetning 85 yillik yubileyi hamda “Xalqaro talalabalar kuni”ga bag‘ishlab universitet markaziy o‘yingohida viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan festivalda o‘zbek tili yo‘nalishining 1-2-kurs talabalari (156 nafar) guruh murabbiylari bilan ishtirok etdi. Ushbu festivalda “Navoiy” nomidagi Davlat stipendiasi sovrindori 448-guruh talabasi T.Mo‘minova hamda o‘zbek tili yo‘nalish 448-guruh talabasi N.Abdulazizovalarga viloyat hokimining “Faxriy yorlig‘i” hamda esdalik sovg‘asi topshirildi.

     

    16 noyabr soat 13:00da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda universitet rektori SH.Tashmatov, O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zR Oliy Majlisi Senati a’zosi I.Mirzo, Oliy Majlis Senati a’zosi, YOzuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari E.Siddiqova, “YOshlik” jurnali bosh muharriri N.Jonizoqov, Respublika Ma’naviyat-targ‘ibot markazi  Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari F.Zohidov, yosh ijodkorlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Dehqonov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Salmonov, o‘zbek tili yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari (8 nafar), o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari (98 nafar) qatnashdi.

     

    2015-yil 14 noyabr kuni universitet «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda Farg‘ona davlat universiteti tashkil etilganligining 85 yillik yubileyini munosib nishonlash maqsadida fakultet faoliyat olib borayotgan fan doktorlari M.Hakimov, Y.Solijonov, SH.Iskandarova, A.Qosimov, A.Sabirdinov, H.Jo‘raevlar bilan talabalarning uchrashuvi tashkil etildi. Unda 33 nafar professor-o‘qituvchilar va 96 nafar talabalar qatnashdi. Qiziqarli ruhda o‘tgan mazkur uchrashuvda ma’ruzachilar fakultetning tarixi, farg‘ona filologiya maktabini o‘z davrida shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan turli ilmiy maktablarning vakillari, ular tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida fikr bildirdilar. Talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar. Ushbu tadbir iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot olib borish layoqati hamda o‘z fakultetidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.  

     

     

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016