Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori РhD.27.06.2017.К.05.01- raqamli ilmiy kengashning 1-yig‘ilishi o‘tkazildi. || Ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2016.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash ochildi || Фарғона давлат униерситетида 2017/2018-ўқув йили қабулини ташкил этиш бўйича МАЪЛУМОТ || Farg’ona davlat universitetida professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarining nashr ettirilish holati. || O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi to’g’risida || Ilmiy kengash faoliyati to’g’risida

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 26
  • Arizalar: 18
  • Shikoyatlar: 3
  • Takliflar: 5
Ko`rib chiqilganlar: 26
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Davlat dasturlari

    Farg`ona davlat universitetida hukumat va vazirlik tomonidan qabul qilingan dasturlarning bajarilishi bo`yicha ma`lumotlar


    T/r

    D/r

    CHora-tadbirlar

    Bajarilishi

     

    1. YOshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularning demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish

    jarayonlaridagi faolligini oshirish

     

    1

    1

    “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri loyihasiga takliflar tayyorlash.

       Qonun loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar qabul qilindi, mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilib may oyida o‘rnatilgan tartibda vazirlikka taqdim etildi.

    16 iyul kuni viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan universitetda amalga oshirilgan ishlar holati tahliliy o‘rganildi va tegishli takliflar tayyorlandi. Ma’lumotlar va yangi tahrirdagi qonunga takliflar viloyat hokimligiga taqdim etildi.

     

    2

    2

    O‘zbekiston Respublikasida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to‘laqonli tushuntirish, yosh avlodni ushbu jarayonlarga keng jalb etishga qaratilgan “Vatan kelajagi sening qo‘lingda!” targ‘ibot loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish.

       “Kamolot” YOIH viloyat kengashi bilan birgalikda targ‘ibot loyihasi yo‘nalishlari bo‘yicha materiallar tayyorlash bo‘yicha reja tuzildi. Viloyat targ‘ibot guruhlariga Farg‘ona davlat universitetidan 20 nafar nomzodlar biriktirilib, ular “Kamolot” YOIH viloyat kengashida tashkil etilgan o‘quv seminarlarida ishtirok etdilar.

    Targ‘ibot loyihasi doirasida 20 noyabrga qadar universitetda 28 ta tadbir o‘tkazildi. Loyihada 1600 dan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

       Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchilari va 4-kurs talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida “Farg‘ona ta’limi” habarlari gazetasida hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda 50 dan ortiq maqolalar chop etilgan.

     

    3

     

    YOshlarni davlat hokimiyati (Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlari hamda ushbu idoralarning quyi tizimlaridagi turkum uchrashuvlarida ishtirok etish.

    Tadbirlar reja-jadvaliga muvofiq 13 dekabr kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasi deutatlari, siyosatshunos pedagoglar bilan “Inson manfaatlari oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

    18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Iqbol Mirzaliev bilan talabalarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 120 nafar talabalar ishtirok etdi.

    2015 yil 12 may kuni yoshlarni Oliy Majlis tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Qonunchilik palatasining sobiq deputati Z.Sobirova bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda 150 nafar talabalar ishtirok etdilar.

       28 may kuni Namangan shahrida o‘tkazilgan “Vodiy yoshlari festivali” doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuv tadbirida 18 nafar talabalar ishtirok etdi.

       24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati I.Zokirov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Qonunchilik palatasi tomonidan tashkil etilgan qabul qilinayotgan yangi Qonun loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

       16 noyabr kuni universitet axborot resurs markazida “Senator va yoshlar” uchrashuv tadbiri tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolari Iqbol Mirzo va Enaxon Siddiqova, Farg‘ona viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi F.Qosimov hamda Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi rahbari F.Zohidov, universitet rektori, professor SH. Tashmatov ishtirok etdilar. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlanib, yoshlarning milliy qonunchiligimiz haqida fikrlari tinglandi va ularning qiziqtirgan savollariga Senatorlar tomonidan javob berildi.

    “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari SH.Rahimov, I.Nosirov, U.Sulaymonovlar bilan talabalar uchrashuvlari tashkil etildi.

     

       

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini mustaxkamlash maqsadida “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovida ishtirok etish.

       Tanlovning hududiy shahar va viloyat bosqichini o‘tkazishda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh shakllantirilib, viloyatda o‘tkazilgan tanlovda mutaxassis sifatida huquqshunos A.Axrorqulov ishtirok etdi.

     

    5

    5

    O‘rta mahsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilarining huquqiy savodhonligini oshirishga qaratilgan “Siz qonunni bilasizmi?” respublika tanlovida ishtirok etish.

       Tanlovning hududiy shahar va viloyat bosqichini o‘tkazishda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh shakllantirilib, tanlovda hakam sifatida mutaxassis S.YUldashev ishtirok etdi.

     

    6

    6

    Oliy ta’lim muassasalari talabalarining siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladigan “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovida ishtirok etish.

    “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining saralash hamda hududiy bosqichlarida universitetning “Sarbon” jamoasi faol ishtirok etdi. Respublika bosqichiga Nizom asosida tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

       20 may kuni universitet katta majlislar zalida “Tafakkur sinovlari” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Farg‘ona davlat universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali jamoalari ishtirok etdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra Farg‘ona davlat universitetining “Sarbon” jamoasi 1-o‘rinni egallab, mintaqaviy bosqichga yo‘llanma oldi.

       28 may kuni Namanagan shahrida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichida “Sarbon” jamoasi faol ishtirok etib, fahrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi va respublika final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

        Toshkent shahrida 18-22 noyabr kunlari “YOshlar haftaligi” doirasida o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik-tanlovida universitetning “Sarbon” jamoasi faol ishtirok etib, ko‘rik-tanlovda faol ishtiroki uchun fahriy yorliq va sertifikat (10 nafar talabalarning har biri) va universitet rektorining bir donadan planshet sovg‘asi topshirildi. Jamoa rahbari E.Ibragimova va B.Qurbonovalar Oliy ta’lim vazirligining fahriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

     

    7

    7

    “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkilotlarining hududiy seminarlari “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” tanlovlari va respublika forumlarida ishtirok etish.

       Hududiy seminarlar, ko‘rik-tanlovlar va forumlari reja va dasturlarini tayorlash va ishtirok etish uchun mas’ul biriktirildi.

    “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” tanlovi bo‘yicha rejalar belgilandi, iyun-iyul oyi mobaynida o‘tkazilib, sentyabr oyida yakunlanadi.

       May-iyul oylari davomida fakultet boshlang‘ich tashkiloti etakchilari uchun 20 ta seminarlar o‘tkazildi. Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” tanlovlari va respublika forumlarida universitet boshlang‘ich tashkiloti faol ishtirok etdi.

       7-15 avgust kunlari “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti etakchisi A.Anvarov Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida o‘tkazilgan “Vatan ravnaqi yo‘lida birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkilotlari etakchilarining 3-Respublika forumida ishtirok etdi.

     

    8

    8

     

     

     

    Oliy o‘quv yurtlari tahsil olayotgan iqtidorli va ijtimoiy faol yoshlarning “Talabalar bahori” festivalini tashkil etish.

       2015 yil 23 mart kuni Ishchi guruh tuzilib universitetda “Talaba bahori” festivali nizomi ishlab chiqildi va fakultetlar o‘rtasida festivalni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar belgilandi. Belgilangan jadval asosida 15 apreldan 1 mayga qadar mavjud 9 ta fakultetda festival tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Festival nizomiga ko‘ra 5 shart, ya’ni: 1-shart «Talaba bahori» deb nomlanib, bu shartda talabalar fakultet tarixi haqida ma’lumot beradi, o‘z jamoasini tanishtiradi (she’riy, hajviy ko‘rinish, qo‘shiq orqali namoyish etishlari mumkin) hamda shart yakunida Vatanni madh etuvchi yangi qo‘shiqlardan birini jamoa bo‘lib jonli ijro etadi. 2-shart “Viktorina” sharti bo‘lib, bu shartda “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi hamda YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi va ijtimoiy-gumanitar, tabiiy va aniq fanlarga oid oldindan tayyorlangan savollarga jamoalarning tezkor javob berishlariga e’tibor qaratiladi. Bu shartda har bir jamoadan 5 nafardan ishtirokchi qatnashadi. Har bir jamoaga 10 tadan savol beriladi, savollarga tezkorlik va hozirjavoblik bilan javob beriladi. 3-shart «Biz sog‘lom fikrlaymiz» deb nomlanadi. bu shartda odam savdosi, diniy aqidaparastlik, terrorizm, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurash borasidagi fikrlari, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, hususan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi hamda YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, o‘zlari tanlagan dramatik sahna ko‘rinishi orqali ifoda etadilar. 4-shart «Talabalik oltin davrim» deb nomlanib, bu shartda universitet, fakultet, talabalar turar joyi, auditoriyalarda, shuningdek, paxta mavsumi davomida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealar ijro mahorati orqali namoyish etiladi. 5-shart «Iqtidor egalari» deb nomlanib, bu shartda jamoa a’zolari o‘z iqtidorlarini (kuy chalish, qo‘shiq, raqs, she’r hamda o‘zi chizgan rasmlar, tikuvchilik mahoratini namoyish qilish va boshqalar.) namoyon qildilar.

       Joriy yilning 15 apreldan 1 may kuniga qadar o‘tkazilgan festivalda universitetdagi barcha fakultetlar jamoalarining qatnashdilar. Festival jarayonida 5000 dan ziyod talabalar qatnashdilar. 28 may kuni “Talaba bahori” festivali yakunlari yuzasidan fakultetlardan faol ishtirokchilarni universitet rektorati tomonidan 11 ta nominatsiya bo‘yicha fahriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Respublika “Talaba bahori” festivalida ishtirok etadigan 15 nafar faol va jamoatchi talabalar ro‘yxati “Kamolot” YOIH viloyat kengashiga taqdim etildi. “Talabalar festivali”da ishtirok etish uchun 5 nafar iqtidorli va iste’dodli talabalar Toshkent shahriga 19 iyun kuni 5 kun muddatga safarga yuborildi. Festivalda talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi.

       FarDU talabasi N.Abdulazizovaning 19-23 iyun kunlari o‘tkazilgan talabalar festivali to‘g‘risida “Farg‘ona ta’limi habarlari” gazetasining 15 iyul 13-sonida “Ertangi kun bizniki” mavzusida maqolasi chop etildi.

     

    1. YUksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiyaga, keng dunyoqarashga va mustahkam bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish

     

    9

    9

    YOshlarning huquqiy   savodxonligini oshirish maqsadida “Huquqiy savodhonlik oyligi”ni o‘tkazish.

       Viloyat Adliya boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Huquqiy savodhonlik oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi va targ‘ibot materiallarini avgust oyiga qadar tayyorlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

       2015 yil yanvar-iyul oylari mobaynida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda korrupsiyaga befarq bo‘lmaslik ruhini shakllantirishga qaratilgan 20 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, universitet ilmiy kengashining 2015 yil 14 may kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishida Vazirlik hay’atining 2015 yil 12 maydagi “Jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi” 4/4-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

    Universitetida ushbu yo‘nalishda talabalarga 20 dan ortiq Qaror va farmonlar haqida ma’lumotlar berildi, Davlat dasturlarining mazmun va mohiyati haqida seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi. Davlat dasturida belgilangan asosiy ustuvor yo‘nalishlar mazmuni, mohiyatini o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar o‘rtasida o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Universitetda talabalarda huquqiy ong va bilimni yuksaltirish, mamlakatimizda qonun va qarorlar mazmun va mohiyatini talabalarga etkazish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

       - haftaning har chorshanba kuni “Axborot va ta’lim – tarbiya soati”, mashg‘ulotlari;

    - seminar-treninglar, davra suhbatlari;

       - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatorlari va deputatlari bilan uchrashuvlar, Adliya organlari va hokimiyat vakillari, mahalliy kengash deputatlari ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

       YOshlarning huquqiy   savodxonligini oshirish maqsadida 17-noyabr kuni tarix fakulteti talabalari (97 nafar) o‘rtasida “Huquqiy savodxonlik va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida huquqshunos olimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, yoshlarda huquqiy ong va bilimni yuksaltirish, mamlakatimizda qonun va qarorlar mazmun va mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

       O‘zbekimton Respublikasi Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Kostitutsiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda viloyatdagi 5 ta oliy o‘quv yurti talabalari ishtirok etdi.

     

    10

    11

       “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasida ishtirok etish.

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan II respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasida Falsafa kafedrasi o‘qituvchisi I.Siddiqov, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi F.Dadaboev faol ishtirok etib, sertifikat oldilar.

    11

    12

       O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan o‘tkaziladigan “Parlamentarizm bilimdoni” onlayn tanlovini tashkil etishda ko‘maklashish.

    Universitetda milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi va axborot texnologiyalari markazi tomonidan “Parlamentarizm bilimdoni” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Rejaga muvofiq ishlar tashkil etilmoqda.

    12

    13

    Universitetda fan, ta’lim, sport va boshqa sohalarning taniqli   vakillarini keng jalb qilgan holda “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shoir ostida yoshlar festivalini tashkil etish hamda viloyat miqyosida o‘tkaziladigan tadbirda talabalar ishtirokini ta’minlash.

       Festivalning ishchi va targ‘ibot guruhlariga universitetning yosh olimlari, iqtidorli talabalaridan iborat nomzodlar berildi. Jumladan, fizika-matematika fakulteti dekani I.Tojiboev, zoologiya kafedrasi mudiri A.SHermatov, “Kamolot” stipendianti N.Abdulazizova, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori N.Oxunova va 20 nafardan ziyod “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti faollari 2015 yil 24-26 aprel kunlari viloyatning shahar va tumanlarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etdilar. 24 aprel kuni Farg‘ona shahridagi Istiqlol o‘yingohida tashkil etilgan gala konsertda universitetning 3000 nafardan ziyod talabalari ishtirok etdilar.

    13

    17

    YOshlar o‘rtasida quyidagi mavzularda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish:

    - “YOshlar va huquqiy madaniyat”

    - “YOshlar va ekologiya”

    - “YOshlar va ommaviy madaniyat”

    - “YOshlar va diniy qadriyatlar ”

    - “YOshlar va bandlik ”

       “Ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi” va vazirlik bilan hamkorlikda reja asosida sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazilib natijalari tahlil qilib borilmoqda.

       “Kamolot” YOIH viloyat kengashi bilan hamkorlikda “YOshlar va ommaviy madaniyat” “YOshlar va huquqiy madaniyat”, “YOshlar va diniy qadriyatlar” mavzularida FarDU ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Salmonov tomonidan sotsiologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqotda yosh olimlar (doktorantlar), falsafa kafedrasi o‘qituvchilari I.Siddiqov, A.Abdumalikov, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchilari S.Yo‘ldoshev, M.Abduhamidovlar qatnashmoqdalar.

       Universitetda 276 akademik guruhlarda “YOshlar va bandlik” masalalariga oid sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish maqsadida anketa savollari (23 savoldan iborat) ishlab chiqildi. So‘rovnoma barcha guruhlarda o‘tkazilib, talabalarning sotsiopsixologik portreti ishlab chiqiladi va mavjud muammolar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

    14

    19

         Universitet talabalari o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni   takomillashtirish.

       Universitetda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni   tahliliy o‘rganish maqsadida reja asosida fakultetlar o‘rganilib, tahliliy ma’lumotlarni universitet Kengashida muhokama etib borish yo‘lga qo‘yilgan.    

    Universitet Kengashida mart oyida jismoniy madaniyat fakulteti tahlildan o‘tkazilib tegishli qarorlar qabul qilindi. Aprel oyida chet tillari fakultetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tahlildan o‘tkazilib, navbatdagi vazifalar belgilandi. May-iyun oylarida universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, fakultetlardagi holat o‘rganib chiqildi va natijalari 26 iyundagi ilmiy kengash yig‘ilishida muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi. 2015 yil 28 avgustda universitet Kengashida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning eng asosiy ustivor yo‘nalishlari va axloqiy-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish masalalari, 2015-2016 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

       Noyabr, dekabr oylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida barcha fakultetlardagi guruh murabbiylari va jamoat tashkilotlari faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan seminarlar tashkil etilib, tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora tadbirlar belgilandi.

     

    1. YOshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish

     

    15

    20

    O‘quvchi-yoshlarda axborotdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan “Globallashuv sharoitida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy seminarini o‘tkazish.

       Iyul oyida Namangan shahrida o‘tkaziladigan seminarda professor-o‘qituchilarning 18 ta maqolalari bilan ishtirokini ta’minlandi.

       20 iyun kuni TATU Farg‘ona filialida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish bo‘yicha seminarda 30 nafar FarDU talabalari ishtirokida o‘tkazildi.

       FarDU talabasi M.Mahmudovaning “Farg‘ona ta’limi habarlari” gazetasida “Axborot makonida yoshlar himoyasiz qolmasligi kerak” mavzusida maqola chop etildi. “Globallashuv sharoitida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminarida ATM xodimi Ahmedov Ulug‘bek va chet tillari fakulteti talabasi Ergashev Hayotbeklarning ishtiroki ta’minlandi.

     

    16

    21

    YOshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida talabalar teatr studiyalarini tashkil etish.

       Universitetdagi 2012 yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan talabalar teatr studiyasi faoliyati yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Yil davomida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda teatr studiyasi a’zolarini dolzarb mavzudagi sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishlari belgilab qo‘yildi. 23 mart kuni “Navro‘z” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda teatr studiyasi a’zolari “Assalom, Navro‘z” nomli teatrlashtirilgan musiqiy folklor-etnografik dasturni namoyish etdilar.

       8 may kuni universitet katta majlislar zalida “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Obro‘ - yuksak, xotira muqaddas” nomli bayram tadbirida teatr studiyasi a’zolari II-Jahon urushi davrida xalqimiz ko‘rsatgan qahramonliklar mavzusida saxna ko‘rinishi namoyish etdilar.

       “Nilufar” teatr studiyasining 2015 yil sentyabr-dekabr oylariga mo‘ljallangan repertuar rejasi tasdiqlandi. Rejaga muvofiq, teatr studiyasi a’zolari tomonidan 2 ta sahna asari hamda 10 dan ortiq sahna ko‘rinishlarini tayyorlash mo‘ljallangan. Teatr-studiya mashg‘ulotlari haftada 2 marotaba tashkilanmoqda.    

       Universitet “talabalar teatr-studiyasi” jamoasi tomonidan “Nafs iskanjasi” nomli spektakli sahnalashtirildi. Ushbu spektaklning taqdimoti 9 dekabr kuni viloyat dramma teatrida namoyish etildi. Spektaklga 350 nafar talabalar jalb etildi, viloyat televideniesida yoritildi.

    17

    31

    YOshlarning bandligini ta’minlash, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga jalb qilish maqsadida “Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati faoliyatini yanada kengaytirish.

       Ishchi guruh shakllantirildi. “Kamolot” YOIH viloyat kengashiga qo‘shma qaror va tadbirlar rejasini tayyorlash bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

       “Bunyodkor” YOMH uchun mehnat ob’etlarini ro‘yxati shakllantirildi. 1-iyuldan boshlab 100 kishidan iborat mehnat ortyad vakillari Farg‘ona tumanidagi “Do‘stlik” oromgohi hamda “Oqbilol” agrouchastkasida qurilish-obodonlashtirish ishlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. Mehnat otryadi vakillariga mehnatdan so‘ng dam olishlari uchun etarli shart-sharoitlar yaratildi. Ular 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanmoqda.

       “Bunyodkor” YOMH universitetda rejaga muvofiq tashkil etildi, tarix, filologiya, CHHT, jismoniy madaniyat fakultetlaridan 100 nafar talabalar jalb etildi.

    18

    36

    Turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan yoshlarni “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish.

      “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoniga munosib nomzodlarni ro‘yxati shakllantirildi va “Kamolot” YOIH viloyat kengashi qoshidagi hududiy komissiyaga taqdim etildi.

     

    19

    38

    YOshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, madaniyat va san’atga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “YUrt kelajagi” iqtidorli yoshlar respublika tanlovining universitet hududiy bosqichini o‘tkazish.

    Tanlovning universitet bosqichini o‘tkazish bo‘yicha ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti etakchisi mas’ulligida ishchi guruh shaklantirildi. 1 mayga qadar tanlovning universitet bosqichi tashkillanadi. Universitet bosqichi g‘oliblari tanlovning may oyida o‘tkaziladigan Farg‘ona shahar bosqichida ishtirok etib 3 nafar talaba viloyat bosqichida qatnashdi.

    Viloyat bosqichida qatnashgan ATM xodimi Ahmedov Ulug‘bek va chet tillari fakulteti talabasi Ergashev Hayotbek 7-15 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida “Vatan ravnaqi yo‘lida birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “YUrt kelajagi” yozgi o‘quv oromgohida bo‘lib qaytdilar.

    1. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish

     

    20

    39

     

        

       YOsh olim va talabalarning XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

       Farg‘ona davlat universitetida 28-29 may kunlari o‘tkaziladigan “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida ilmiy-amaliy konferensiyasining hududiy bosqichini tashkil etish maqsadida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga axborot xatlari etkazildi. Tashkiliy qo‘mitaga 16 mayga qadar 181 ta maqola kelib tushdi. Ulardan 170 tasiga ilmiy to‘plamga kiritish uchun tavsiya berildi.  

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istedod” jamg‘armalarining qo‘shma qaroriga muvofiq Farg‘ona davlat universitetida 2015 yil 28-29 may kunlari yosh olimlar va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida hududiy ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

       Hududiy ilmiy-amaliy konferensiyada Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali yosh olim, talaba-magistrantlari hamda ustoz murabbiy professor-o‘qituvchilardan barcha sho‘‘balar bo‘yicha 100 nafardan ortiq ishtirokchilar faol ishtirok etishdi.

       Hududiy ilmiy-amaliy konferensiya ijtimoiy-gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar va texnika fanlari sho‘‘balari bo‘yicha o‘tkazildi.

    Ijtimoiy-gumanitar fanlar sho‘‘basi bo‘yicha 1-o‘rinni “O‘zbekiston tumanida ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari” mavzusi bilan ishtirok etgan – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi O.Tobirov, 2-o‘rinni “Odam bo‘lish qiyin” romanidagi obrazlar xususida mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona davlat universiteti talabasi N.Abdulazizova, 3-o‘rinni “Sog‘lom oilani shakllantirishda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona politexnika instituti talabasi Z.Vohidovalar egalladilar.

    Tabiiy fanlar sho‘‘basi bo‘yicha 1-o‘rinni “Farg‘ona vodiysida po‘stloqxo‘rni (coleoptera, scolytidae) o‘rganishning ahamiyati va ularga mexanik qarshi kurash usuli” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi D.Sultonov, 2-o‘rinni “Tut ipak qurti ekologiyasi” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona davlat universiteti talabasi M.SHukurova, 3-o‘rinni “Farg‘ona vodiysi suv havzalarida tarqalgan tangachali ko‘kcha balig‘ining biologiyasiga doir ayrim ma’lumotlar” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona davlat universiteti talabasi O.Xabibjonovalar egalladilar.

    Aniq fanlar sho‘‘basi bo‘yicha 1-o‘rinni “Singulyar koeffitsientli aralash parabolo-giperbolik tenglama uchun chegaraviy masalalar” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona davlat universiteti talabasi O.Mamanazarov, 2-o‘rinni “O edinstvennosti resheniya kraevoy zadachi so smeщeniem dlya giperboliyaeskogo uravneniya, vыrojdayuщegosya vnutri oblasti” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona davlat universiteti talabasi Z.Usmonxo‘jaev, 3-o‘rinni “Torning tebranish tenglamasi uchun Koshi masalasini nuqtaga nisbatan simmetrik ko‘chirib Dalamber usuli orqali echish” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona politexnika instituti talabasi Z.Xo‘jaxonovlar egalladilar.

    Texnika fanlari sho‘‘basi bo‘yicha 1-o‘rinni “Funksional keramika asosidagi infraqizil nurning xususiyati” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona davlat universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi G‘.Raxmatov, 2-o‘rinni “Energiya hajmdor korxonalarda energetika tekshiruvini tashkillash” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona politexnika instituti talabasi A.S.Xalilov, 3-o‘rinni “Utilization of smoke fumes and cleaning sewers’ liquids from absorbed gases in Ferghana Oil Refinery Plant” mavzusi bilan ishtirok etgan – Farg‘ona politexnika instituti talabasi F.SH.Hakimovlar egalladilar.

     

    21

    40

    YOshlarning zamonaviy tehnika va texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Innovatsion g‘oyalar” II respublika tanlovida ishtirok etish.

    “Innovatsion g‘oyalar” respublika ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etish maqsadida universitet bo‘yicha 10 ta innovatsion loyiha tanlab olindi.

       SHundan ko‘rik-tanlovda ishtirok etish uchun 3 ta loyiha tanlab olindi va Respublika tanlov xay’atiga taqdim etildi.

    22

    41

    Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovida talabalar ishtirokini ta’minlash.

       25 martdan 1 aprelga qadar tanlovning fakultetlararo bosqichi o‘tkazildi.

    YAkuniy natijalarga ko‘ra 1 o‘rinni tabiiyot-geografiya fakulteti, 2 o‘rinni chet tillari fakulteti, 3 o‘rinni ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdi. Tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etadigan universitet jamoasi shaklantirildi.

       9 iyun kuni Namangan shahrida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 29 maydagi 189-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda universitetning “Universal” jamoasi fahrli uchinchi o‘rinni egalladi.

       “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” oyligida “Ertangi kun bizniki – marra bizniki shiori ostida” talabalar o‘n kunligi tashkil etildi. O‘n kunlik doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda fakultetlardan 9 jamoalar ishtirok etib o‘zaro bellashdilar.

    23

    45

    YOsh libos dizaynerlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sharm.uz” moda haftaligini tashkil etish.

       Pedagogika fakulteti tasviriy san’at yo‘nalishi talabalari orasida liboslar dizayni bo‘yicha ish olib borayotgan 8 nafar qizlar “YOsh libos dizaynerlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi. 8-9 sentyabr kunlari Farg‘ona shahridagi “Ibratli bekam” o‘quv markazining murakkab dizaynli elita parda kursi va to‘quvchilik, chevarchilik mutaxassislari bilan talaba-qizlarni uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda liboslar dizayni bo‘yicha talaba-qizlarga maxsus kurslarga qatnashish uchun yo‘llanmalar berildi.

       Dizayn to‘garagining a’zolari tomonidan o‘zbek milliy liboslari bo‘yicha ko‘rgazmalar tayyorlab, 21 noyabr kuni universitetning ma’naviyat-o‘quv ilmiy markazida o‘z ijodiy faoliyatlarini namoyish etdilar.

    1. YOshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish

     

    24

    50

    YOshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarni oldini olishga qaratilgan “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

       Hamkor tashkilotlar (Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘limi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Spidga qarshi kurash markazi, viloyat IIB) bilan targ‘ibot materiallari (ma’ruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari) tayyorlandi.

       6 aprel kuni viloyat Spidga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 200 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

       7 aprel kuni “Butunjahon salomatlik kuni”ga bag‘ishlab “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida turli sport musobaqalari va harakatli o‘yinlar tashkillandi. Musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar. Aksiyada 500 nafar talabalar faol ishtirok etdilar.

       2-16 aprel kunlari 3700 nafar 1-3-kurs talabalari jadval asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 2-15 may kunlari jadval asosida talaba qizlar ishtirokida tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi uchrashuvlardan 2000 nafar talaba qizlar ishtirok etdi.

       26 iyun kuni Giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda 250 nafar talaba va 25 nafar o‘qituvchilarning ishtiroki ta’minlandi. “Zaharli tomchi” spektakliga 225 nafar talabalar jalb etildi.

       Universitetda 1 dekabr – Jahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan 26 oktyabr va 4 noyabr kunlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Viloyat OITSga qarshi kurash viloyat markazi mutaxassisi N.Uralova hamda viloyat o‘smirlar dispanseri vrachi G.Nazarova ishtirok etib, OIV infeksiyasining paydo bo‘lishi, tarqalishi oqibatlari, kasallikning klinik jarayonlari, unga chalinganlarning psixologik xolatlari xaqida ma’ruzalar qilindi. Tadbirda 250 nafar talabalar ishtirok etdi.

       Xotin-qizlar qo‘mitasi universitet boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Farg‘ona viloyat o‘smirlar dispvnseri, sog‘lom avlod uchun jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Sog‘lom yoshlar” aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida oilali talaba-qizlarga tibbiy maslahatlar va bepul dori-darmonlar tarqatildi. Aksiyada 2000 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi.

     

    25

    51

    YOshlarni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish maqsadida oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha “Kamolot kubogi” turnirida ishtirok etish.

       Musobaqalarda qatnashuvchi jamoa shakllantirildi va zarur sharoitlar yaratildi. 18 aprel kuni oliy o‘quv yurtalari o‘rtasida o‘tgazilgan viloyat turnirida FarDU jamoasi 2-o‘rinni egalladi.

    17-25 noyabr kunlari universitetda “Kamolot kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqada 9 ta fakultetlardan sportning futbol, baskutbol, volleybol, stol tennisi va engil atletika turlari bo‘yicha jamoalar ishtirok etdilar. Musobaqa yakunlari universitetning 85 yilligi va “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda g‘oliblar munosib taqdirlandilar.

     

    26

     

    Sportning ommaviy turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida (futbol, voleybol, basketbol) fakultetlararo sport musobaqalarini o‘tkazish.

       Sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqildi. Navro‘z bayrami munosabati bilan fakultetlararo futbol turniri o‘tkazildi. Turnirda jismoniy madaniyat, tarix fakulteti talabalari g‘olib bo‘ldilar.

       Farg‘ona davlat universitetida 14-17 noyabr kunlari “17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan “Kamolot sport festivali” tashkil etildi. Festival doirasida sportning futbol, volleybol (yigit va qizlar o‘rtasida), stol tennisi, engil atletika turlari bo‘yicha sport musobaqalari hamda barcha fakultetlarda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. Festival yakuni 21 noyabr kuni universitetning 85 yilligi munosabati bilan sport majmuasini ochilish marosimida o‘tkazildi. Tadbirni viloyat hokimi SH.G‘aniev ochib berdi va festivalda faol ishtirok etgan, fan, madaniyat va sport sohasida yutuqlarga erishgan 13 nafar talabalar viloyat hokimligining fahriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

       O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligini nishonlash arafasida futbol bo‘yicha fakudtetlararo sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 10 ta jamoa o‘zaro bellashdilar. G‘olib jamoalarga universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va fahriy yorliqlar topshirildi.

     

     

     

    1. Voyaga etmaganlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik sodir etilishini oldini olish

     

    27

    64

    Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish maqsadida “Odam savdosi – davr muammosi” targ‘ibot loyihasida ishtirok etish.

       Viloyat   ishchi guruhiga targ‘ibot materiallari tayyorlash uchun 5 nafar malakali professor - o‘qituvchilar jalb etildi. 20 mayga qadar “Odam savdosi – davr muammosi” targ‘ibot loyihasi doirasida universitetda 5 ta, professor-o‘qituvchilar ishtirokida viloyat, shahar va tumanlarda 20 ta tadbir o‘tkazildi. Tadbirlarda jami 2500 nafardan ziyod aholi qamrab olindi. 5-17 iyul kunlari Marg‘ilon shahridagi mahallalarda universitetning 54 nafar professor-o‘qituvchilari tomonidan “Mustaqillikka shukrona” targ‘ibot tadbirlari doirasida odam savdosi muammosi bo‘yicha 3000 dan ziyod xonadonlarda tushuntirish ishlari olib borildi.

     

    28

    66

    YOshlar (shu jumladan, voyaga etmaganlar) orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan “Jinoyat va jazo” tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirish.

       Ishchi guruh shakllantirildi, targ‘ibot materiallari tayyorlashga malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etildi, tadbirlarni o‘tkazishda huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 20 noyabrga qadar hamkorlikda “Jinoyat va jazo”mavzusida 12 ta tadbir o‘tkazildi.

    2 dekabr kuni universitet katta majlislar zalida tabbiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Farg‘ona viloyati YHX boshqarmasi, Farg‘ona shahar prokuraturasi xodimlari ishtirokida “Jinoyat va jazo” tarbiyaviy tadbiri o‘tkazildi.

    1. Barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish

     

    29

    70

    YOshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ma’naviy va jismoniy kamol toptirish, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, turli yot g‘oyalar va past saviyali “Ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash maqsadida OAV larda faol va iqtidorli talabalarning chiqishlarini tashkillash.

       Viloyat telekanallari, gazetalar taxririyatlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yildi. 20 dekabrga qadar yoshlar viloyat televideniesida universitetda o‘tkazilgan turli tadbirlar haqida 48 ta informatsion dasturlarda lavha, intervyu, reportajlar berildi.

     

    30

    73

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va milliy Internet segmentini rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan “MIT.uz” – milliy internet tanlovida ishtirok etish.

    Tanlovda ishtirok etuvchilar ro‘yxatini shakllantirildi va ularni tanlovga tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

     

    31

    79

    YOsh kompyuter dasturchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Best Soft Chellenge” respublika tanlovida ishtirok etish.

    Tanlovga iqtidorli talabalar jalb etiladi.

    1. YOshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni sog‘lom e’tiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo

    hamjihatlik ruhida tarbiyalash

     

    32

    80

    YOshlarni diniy ekstremizm va aqidaparastlik kabi buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash maqsadida “Ma’rifiy islom aqidaparastlikni qoralaydi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzularida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

    Viloyat targ‘ibot guruhiga tajribali professor-o‘qituvchilar nomzodi tavsiya etildi. Targ‘ibot guruhining o‘quv-seminarlarini tashkil etildi.

    26 mart kuni “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida murabbiylar uchun seminar mashg‘uloti tashkillandi. 220 nafar murabbiylar ishtrok etdi. “Axborot soati materialarining” maxsus soni tayyorlanib 283 ta akademik guruh murabbiylariga etkazildi.

       5-6-7 may kunlari universitet talabalari ishtirokida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan tayyorlangan “Sotqin” badiiy filmi namoyishi tashkil etildi. Mazkur namoyishlarda universitet tassarrufidagi 2-3-5-sonli talabalar turar joylarida yashovchi talabalarining jami 650 nafari ishtirok etdi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bu kabi tadbirlar, talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, ularga diniy ekstremizm va terrorizm kabi buzg‘unchi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini etkazish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami va sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.

              Universitet axborot resurs markazida 11 noyabr kuni “Kamolot” YOIH viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Diniy aqidaparastlik va ekstremizm taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori, professor SH.X.Tashmatov, “Kamolot” YOIH viloyat kengashi raisi SH.Polvonov, O‘zbekiston musulmonlar idorasining viloyatdagi vakili A.Naimov, Farg‘ona politexnika instituti dotsenti I.To‘xtarov, Farg‘ona davlat universiteti professori T.A.Egamberdieva, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Dehqonov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Salmonov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, guruh murabbiylari va 90 nafar talabalar ishtirok etdilar.

           Tadbirni universitet rektori, professor SH.Tashmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Kirish so‘zida – bugungi kunda yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Farg‘ona shahridagi bunyodkorlik ishlari haqida aytib o‘tildi.

           SHundan so‘ng, tadbir dasturi bo‘yicha ma’ruza uchun Farg‘ona politexnika instituti dotsenti I.To‘xtarov so‘zga chiqib, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik g‘oyalarini jamiyat hayoti va barqarorligiga salbiy ta’siri, bugungi kunda dunyoda tinchlikka, milliy havfsizlikka rahna solayotgan, geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlagan harakatlar, Suriya, Iroq va Ukraina davlatlarida bo‘layotgan voqealar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ma’ruzadan so‘ng “Fitna” nomli xujjatli film namoyish etildi. Film namoyishidan so‘ng ma’ruza uchun so‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlar idorasining viloyatdagi vakili A.Naimov – Islom - milliy ma’naviyatimizning ajralmas bo‘lagi, har bir inson avvalo o‘zligini anglashi lozim. Ammo bugangi kunda Islom dinini niqob qilib, yoshlarimiz ongini islom dini nomi ostida turli xil ekstremistik va terroristik g‘oyalarni singdirishga urinishlar hozirgi vaqtda avj olib ketdi. Bunyodkor va buzg‘unchi g‘oyalar o‘rtasidagi bunday g‘oyaviy paligon keng miqyosda dunyo bo‘ylab tarqalganligi har bir oqil insonni xavotirga solmoqda. YOshlarimizni turli xil yot oqimlardan himoya qilishda diniy omillar – Qur’on oyatlari va hadislardan keng foydalanish hamda dinning asl mohiyatini anglatish lozim. Bu amaliyotlarni din sohasidagi mutaxassislar bilan hamkorlikda olib borilishi eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Diniy ekstremizm va terrorizm muqaddas Islom diniga aloqador bo‘lmasdan,  muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassibona unsurlarning faoliyati mafkurasining natijasi ekanligini har bir yosh avlodga tushuntirish bugungi kunning dolzarb mavzulari ekanligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Tadbir yakunida bahs va munozaralarda tarix fakulteti 4-kurs talabasi F.Ibrohimov, pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi D.Ergasheva, pedagogika fanlari doktori, professor T.Egamberdieva hamda “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti etakchisi A.Anvarov so‘zga chiqdilar. Tadbirda faol ishtirok etgan tarix fakulteti 4-kurs talabasi F.Ibrohimov, pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi D.Ergashevalarga “Kamolot” YOIH viloyat kengashi tomonidan taqdim etilgan kitoblar jamlanmasi topshirildi.

     

    33

    81

         Buyuk ajdodlarimizning barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan o‘gitlari va hikmatli so‘zlarini aks ettirgan “Ajdodlar merosi – ma’rifat ziyosi” nomli risolalar to‘plamidan samarali foydalanish.

    Reja asosida risolalar taqdimoti o‘tkaziladi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalaniladi.

     

    34

    82

       YOshlarni diniy bag‘rikenglik, sog‘lom e’tiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy seminarlarida ishtirok etish.

    Ilmiy maqolalar tanlovida professor-o‘qituvchilar va magistrlarni ishtirok etishini ta’minlanadi. Ilmiy bo‘lim tomonidan 20 ta maqola saralab olindi.

     

    35

    83

    Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘inbosarlari hamda “Dinshunoslik”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanlari o‘qituvchilarini malaka oshirish kurslariga jalb etish.

    Avgust oyiga qadar 1 nafar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari malaka oshirish kursini o‘tab qaytdi. Universitetning axborot resurs markazida 19 noyabrdan boshlab bir haftalik ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va dinshunoslik fani o‘qituvchilarining (jami 22 nafar) malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etilmoqda.

     

     

    36

    85

    YOshlarda yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?” mavzularida ijodiy ishlar (she’r, insho va rasmlar) tanlovini tashkil etish.

    Ishchi guruh shakllantirildi. 29 may kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 15 maydagi 172-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilishi belgilangan “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” hamda “Jaxolatga qarshi ma’rifat” mavzularidagi insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi va tanlovning universitet bosqichi g‘oliblarining xujjatlari hamda insholari respublika bosqichiga taqdim etildi.

     

    37

    86

    Toshkent islom universiteti va “Ziyo” studiyasi tomonidan tayyorlangan diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalarini fosh etuvchi adabiyotlar, filmlar va targ‘ibot materiallari bilan fakultet va kafedralarni ta’minlash.

    1-10 aprel kunlari Aydarbek Tulepovning “Ishid fitnasi” nomli kitobi taqdimoti hamda “Ziyo” studiyasi tomonidan tayyorlangan video filmlar namoyishi o‘tkazildi. Fakultetlarda o‘tkazilgan tadbirlarda 1400 nafar talaba qamrab olindi.

       Universitet kutubxonasini Toshkent islom universiteti va “Ziyo” studiyasi tomonidan tayyorlangan diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalarini fosh etuvchi adabiyotlar, filmlar va targ‘ibot materiallari bilan boyitish maqsadida 10 nomdagi adabiyotlarni sotib olish bo‘yicha buyurtma berildi.

       19 avgust kuni 21 nomdagi dolzarb mavzudagi diniy-ma’rifiy nashrlarga universitetning ehtiyoji aniqlanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ma’lumot taqdim etildi.

     

    38

    89

    “Qudratimiz birlik va hamjihatlikda” shiori ostida yoshlar o‘rtasida millatlararo totuvlik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

       Viloyat hokimligi hamda baynalminal madaniy markazlar bilan hamkorlikda 15 aprel kuni o‘tkazilgan viloyat festivalida 5 nafar turli millatga mansub talaba yoshlar faol ishtirok etdilar.

       6 noyabr kuni Farg‘ona viloyat hokimligi, Farg‘ona davlat universiteti, “Kamolot” YOIH viloyat kengashi va viloyat televideniesi hamkorligida Farg‘ona san’at kollejida “YOshlarni millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillari asosida tarbiyalashning dolzarb vazifalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Mazkur ilmiy-amaliy seminarni dastur bo‘yicha Viloyat hokimligi kotibiyat mudiri R.SHukurov olib bordi. Seminarda “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi J.Aliev, “YOshlarni diniy bag‘rikenglik, sog‘lom e’tiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari” mavzusida Toshkent islom universiteti islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi O.Sarsenboev, “YOshlarni diniy ekstremizm va aqidaparastlik kabi buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrashda ta’lim muassasalarining o‘rni” mavzusida FarDU ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Dehqonov ma’ruza qildilar. Ma’ruzalardan so‘ng O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “XXI asr fitnasi” nomli xujjatli videofilm namoyish etildi. Seminar yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Seminarda Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, TATU Farg‘ona filiali, TTA Farg‘ona filiali prorektorlari, fakultet dekanlari, (60 nafar) professor-o‘qituvchilar va (440 nafar) talabalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari ishtirok etdilar. Ilmiy-amaliy seminar viloyat televideniesi orqali “JARAYON” informatsion dasturida yoritildi.

     

     

     

     

     

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016