Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: “Giyohvandlikka qarshi kurash – barchaning burchi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. || Universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar o‘rtasida favqulotda vaziyatlarda harakat qilish, cho‘milish mavsumiga tayyorgalik ko‘rish, mavjud suv havzalarida havfsizlikni ta’minlash bo‘yicha seminar-yig‘ || 2017 yil 15 iyun kuni Fargona davlat universitetida 2017/2018 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi ish boshladi. || Joryi yilning 9-12 iyun kunlari Toshkent shaxridagi “Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” da “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi. || FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI o‘qishga taklif qiladi || UNIVERSITETDA YOSHLARNING “INNOVATSION G’OYALAR” KO’RIK TANLOVI O’TKAZILDI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 23
  • Arizalar: 17
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 4
Ko`rib chiqilganlar: 16
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 7

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Davlat ramzlari

    O`zbekiston respublikasi davlat bayrog`i

      1991 yil 18 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun qabul qilindi.

       O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasining timsoli bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i - bayroqning butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang, oq rang va to`q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir.
       Davlatimiz bayrog`idagi har bir rang, har bir belgi chuqur ramziy ma`noga ega. Undagi moviy rang tiriklik manbai bo`lgan obihayotni, musaffo osmonimizni, kuch-qudratimizni, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni aks ettiradi.
       Oq rang - tinchlik, xotirjamlik, yorug`lik ramzi. Shuningdek, bu rang o`zida poklik, beg`uborlik, botiniy go`zallikni ifodalab kelgan. Demak, bayrog`imizdagi oq rang xalqimizning pokiza orzu - umidlarini, yorug`likka, ezgulikka eshligini o`zida namoyon etadi.
       Yashil - yasharish va yangilanish, navqironlik va shodumonlik ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz timsolidir. Qizil chiziqlar esa, tomirimizda jo`shib oqayotgan ajdodlar qoni - hayotiy qudrat va davomiylik nishonasidir. Shuningdek, bunda Istiqlol, Ozodlik uchun qon to`kkan erksevar ota-bobolarimizning orzu-armonlari mujassam.
       Bayrog`imizdagi yarim oy va yulduzlar tasviri tarixiy qadriyatlarimiz, umrboqiy an`analarimiz, ma`naviy kuch-qudratimiz bilan bog`liq. Hilol qo`lga kiritilgan mustaqillik, ozodlikni ifodalaydi.
       Davlatimiz bayrog`i - o`tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O`zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog`imizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, g`urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo`lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016