“Toshkent” Respublika fond birjasi mutaxassislari bilan uchrashuv

09:22, 06.12.2017      

63ef36a18a-2017 yil 5 dekabr kuni Farg`ona davlat universiteti Axborot-resurs markazi o`quv zalida universitetning iqtisodiyot kafedrasi professor-o`qituvchilari, iqtisodiy ta`lim yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan “Toshkent” Respublika fond birjasi hamda Farg`ona viloyati “Ishonch” investiцiya vositachilik korxonasi vakillari uchrashuvi bo`lib o`tdi.

O'tkazilgan uchrashuvda “Toshkent” Respublika fond birjasi mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda Qimmatli qog`ozlar bozorining rivojlanish tendentsiyalari va istiqbollari mavzusida fikrlar bildirildi.



Farg`ona viloyati “Ishonch” investiцiya vositachilik korxonasi vakili tomonidan depozitariyda qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar jarayoni tushuntirilib, aktsiyalar sotib olish hamda sotish jarayonlari onlayn shaklda uchrashuv qatnashchilariga ko`rsatib berildi.

Suhbat davomida talabalar va professor-o`qituvchilar tomonidan o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olindi.

7204c9dc4e-

e87a0c5645-