Axborot-resurs markazida “Kafedra kunlari”

15:29, 06.12.2017      

bdbb8fc632-2017 yil 4-5-6-dekabr kunlari Farg`ona davlat universiteti Axborot-resurs markazining Elektron-axborot resurslari bo`limi zalida va o`quv zalida Tabiiy fanlar va Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetlarining barcha yo`nalishlaridagi 1-kurs talabalariga “Kafedra kuni” o`tkazildi.


“Kafedra kuni”ni o`tkazishdan maqsad, 1-kurs talabalarini Axborot-resurs markazi tarixi va bo`limlari bilan tanishtirish hamda bo`limlarning ish faoliyati, kutubxona qonun-qoidalari, kutubxonaga a`zo bo`lish qoidalari to`g`risida talabalarga ma`lumotlar berishdir. Axborot-resurs markazida shu yo`nalishlarga oid barcha adabiyotlar, gazyeta, jurnallar, kitoblarning elektron disklari va yangi adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etildi.

634fd8d63f-