ILMIY SEMINAR MAJLISI O'TKAZILDI

11:53, 09.01.2018      

f1d94aaf4c-

5 yanvar kuni Farg`ona davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.27.06.2017.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar majlisi o`tkazildi.

Majlisda talabgor A.A.Abdurahmonovning 10.00.02 – O'zbek adabiyoti ixtisosligi bo`yicha “O'zbek she`riyatida nur, rang va ruhiyat tasviri poetikasi (an`ana va novatorlik aspektida)” mavzuidagi dissertasisi muhokama qilindi.


A.Abdurahmonovning dissertasion ishi yuzasidan rasmiy taqrizchilar – filologiya fanlari doktori, professor S.Mirzayeva, filologiya fanlari nomzodi, dosent D.Zohidova, shuningdek, filologiya fanlari doktorlari, professorlar D.Quronov, A.Mamajonov, filologiya fanlari doktorlari A.Qosimov, A.Sabirdinov, M.Hakimov, H.Jo`rayev, filologiya fanlari nomzodi, dosentlar M.Sulaymonov va G.Muhammadjonova taklif va mulohazalarini bildirib, savollar bilan murojaat qilishdi.

Mazkur dissertasiya himoyaga tavsiya etildi.

Majlisda ilmiy seminar a`zolari, mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.