Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

Dissertatsiya muhokamasi

12:29, 09.01.2018      

84671f10bd-

2018 yil 8 yanvarda o`zbek tilshunosligi hamda o`zbek tili va adabiyoti kafedralari qo`shma yig`ilishida mustaqil tadqiqotchi Gafurova Surayyo Ulug`bekovnaning “Salohiddin Toshkandiy “Lug`oti salos” asarining leksikografik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasining muhokamasi bo`lib o`tdi.


Muhokamada filologiya fanlari doktori, professorlar Y.Solijonov, A.Mamajonov, SH.Iskandarova, S.Mo`minov, A.Qosimov, M.Hakimovlar hamda filologiya fanlari nomzodi, dosentlar I.Hojaliyev, M.Zokirov, Z.Rahimov, E.Ibragimova, G.Muhammadjonova, N.Umarova, G.Roziqova, R.SHukurov, katta o`qituvchi M.Omonov, Z.Alimovalar qatnashib, dissertasiya haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Muhokama so`nggida S.Gafurovaning dissertasiyasi himoya uchun tavsiya etildi.

Muhokamada professor-o`qituvchilar va tadqiqotchilar qatnashdi.