Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

Innovatsion hamkorlik

09:20, 10.01.2018      

e1229922ad-jmj2277

O'zbek tilshunosligi kafedrasi bilan Farg`ona viloyati Matbuot boshqarmasi bilan tuzilgan innovatsion hamkorlik shartnomasi doirasida 2018 yilning 9 yanvar kuni “Gazeta uslubini takomillashtirish” mavzusida seminar tashkillandi.


Seminarda o`zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o`qituvchilari hamda “Farg`ona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetalari muharrir va xodimlari qatnashdi. Ushbu seminarda kundalik nashrlarning dolzarb muammolari va ularning monitoringini yuritishga doir fikrlar bildirilib, muammolarning yechimi bo`yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, innovatsion hamkorlik doirasida talabalar va magistrlarni malakaviy amaliyotga jalb qilish ishlarini samarali tashkillash, iqtidorli talabalarning maqolalarini nashr etish, jurnalistikaning sir-asrorlarini talaba-yoshlarga o`rgatish chora-tadbirlari belgilab olindi.