Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 14 yanvarni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonlashga topshiriq berdi

11:40, 12.01.2018      


bc50581ce7-14yanv

«Endilikda O'zbekistonda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonlanadi, bu haqda O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni o`tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig`ilishida ma`lum qildi», — deb yozmoqda «Sputnik»


«Vatan himoyachilari kunini nishonlash masalasiga alohida to`xtalib o`tish lozim, deb hisoblayman.

Ma`lumki, hozirga qadar biz ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida respublika miqyosida tantanali bir tadbir o`tkazish bilan cheklanar edik. Bunday tajriba endi eskirib qoldi va undan voz kechish vaqti keldi, deb o`ylayman.

Bu masalaning hayotimizdagi o`ta muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, Vatan himoyachilari kunini rasmiyatchilikdan xoli, ko`tarinki va ta`sirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami sifatida, yangicha shaklda tashkil etish zarur.

Bunday tadbirlarni ayniqsa hududlarda, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda harbiy-ma`muriy sektorlar — mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida, yuksak saviyada o`tkazishga alohida e`tibor qaratish darkor», — dedi Prezident.

Manba xabar.uz