FARG`ONA OLIMLARI

16:04, 12.02.2018      

bb0a6fd1d2-

“Farg`ona” nashriyotida filologiya fanlari nomzodi, doцyent N.Soliyev va falsafa fanlari nomzodi R.Qoraboyevaning “Farg`ona olimlari” nomli kitobi nashrdan chiqdi.

Ushbu kitobda ko`hna Farg`ona zaminida tug`ilgan yoki bu muqaddas tuproqni o`z ona vatani deb bilgan, yoxud taqdir taqozosi bilan mamlakatimizning turli mintaqalarida yashab, ilmiy izlanishlar olib borgan ilmu ma`rifat egalari haqida hikoya qilinadi.

Kitobda mamlakatimiz va jahon ilm-fani rivojiga katta hissa qo`shgan buyuk farg`onalik ajdodlarimiz Ahmad Farg`oniy, Burhoniddin Marg`inoniy, akademiklar Toshmuhammad Qori-Niyoziy, Sa`di Sirojiddinov va boshqalar haqida hikoya qilingan.

Kitobda 32 nafar farg`onalik olimlarga o`rin ajratilgan bo`lib, ulardan 8 nafari filologlar, jumladan, akademiklar Azizxon Qayumov, G`anijon Abdurahmonov, professorlar Fozila Sulaymonova, Umarali Normatov hamda farg`ona filologiya maktabi vakillari Azimjon Rahimov, Yo`ldoshxo`ja Solijonov, Siddiqjon Mo`minov, SHarifa Iskandarova hayot yo`li va ilmiy-nazariy faoliyatlari yoritilgan.

Bundan tashqari, kitobda Farg`ona davlat universiteti ilmiy salohiyati shakllanishi va kadrlar tayyorlashga katta hissa qo`shgan olimlar – professorlar A.G`ofurov, M.Qoraboyev, M.Abdullayev, T.Egamberdiyeva, M.Isomiddinov, S.Mannopov, A.O'rinovning ibratli hayot va ilm yo`llari atroflicha tahlil qilingan.

Kitob ziyolilar, o`qituvchi va murabbiylar, talaba-o`quvchilar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.