FAXRIYLAR E`ZOZDA

16:13, 12.02.2018      

083daf436a-

Filologiya fakultetida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “O'zbekiston Faxriylarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4906-son Farmoni hamda 2016 yil 28 dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-2705-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Faxriylar kengashi tuzildi va unga professor S.Mo`min rahbar etib tayinlandi.

Bundan tashqari, fakultet Faxriylar kengashi Nizomi hamda yillik ish reja tasdiqlandi.


Joriy yil 9 fevral kuni bir guruh professor-o`qituvchilar fakultetda uzoq yillar davomida ishlagan, hozirda keksalik gashtini surayotgan filologiya fanlari nomzodi, dosent M.Madg`oziyev xonadoniga tashrif buyurishdi.

Fakultetning faxriy ustozi, dosent M.Madg`oziyev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan o`tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar bo`yicha kelishib olindi.

SHuningdek, fakultet Faxriylar kengashining yillik ish rejasiga muvofiq, marhum ustoz, dosent K.Yusupov tavalludining 100 yilligi, dosent T.Turg`unovning 85 yilligi, dosent T.Abdukarimovning 80 yilligi, A.Aripjanov va M.Rahmonovlarning 75 yilligi, A.Sabirdinovning 60 yilligi tadbirlarini o`tkazish belgilangan.