“Jahon ichra jahoniy siymo” mavzusida tadbir.

15:37, 13.02.2018      

e85733ee4c-b4eeea0f-c686-40ca-98b4-6a5d01a19d6eFarg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchilari Zarifaxon Alimova va Muyassarxon Xalilova 9 fevral kuni Marg‘ilon pedagogika kollejida A.Navoiy tavalludining 577-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Buyuk siymo” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda qatnashdilar. Z.Alimova “A.Navoiy asarlarining jahon miqyosida o‘rganilishi”, M.Xalilova “Asrlar osha Navoiy dahosi” mavzularida ma’ruza qildilar.


O‘quvchilar tomonidan Navoiy qalamiga mansub g’azallar, ruboiylar o‘qild. Tadbirda maqomchilar ansambli xonandalari tomonidan ulug’ shoir g’azallariga bastalangan qo‘shiqlar aytildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir oxirida tadbir tashkilotchilari va faol qatnashgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Shu kuni Farg`ona davlat universiteti o`zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti N.Umarova Farg`ona telekanali orqali buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning dunyoning bir necha tillariga tarjima qilingan mashhur asarlari, xalq manfaatlari yo`lida amalga oshirgan obodonchilik ishlari haqida intervyu berdi.