Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

22 MART - BUTUN JAHON SUV KUNI Suv resurslarini barqaror boshqarish uchun innovatsion yondashuvlar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2018 yil 14-16 mart

18:08, 20.02.2018      

Maqsad: Keng jamoatchilikning, xususan yoshlarning e’tiborini suv resurslarini barqaror boshqarishga va ulardan oqilona foydalanishga, suv tanqisligi bilan bog‘liq dolzarb muammolarga, suv inshootlarini asrashga qaratish.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «Texnik salohiyatni mustahkamlash» loyihasi.

14 MART

10:00-12:00

«Barqaror rivojlanish yo‘lida suv resurslaridan foydalanishning innovatsion usullari» mavzuidagi fotosuratlar ko‘rgazmasi

Ishtirokchilar: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari

Talablar: Suv resurslaridan turli xil sohalarda oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishda innovatsion usullarning o‘rni haqidagi fotosuratlar bilan ishtirok etish. Fotosuratlar A3 yoki A2 formatlarida ko‘rgazma kunidan eng kamida 3 kun avval tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilishi lozim. Har bir talaba yoki talablar jamoasi 1-2ta fotosurat bilan ko‘rgazmada ishtirok etish(lar)i mumkin.

14:00-16:00

«O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda innovatsiyaning suv xo‘jaligidagi o‘rni» mavzuida munozaralar

Ishtirokchilar: OTM talabalari

Talablar: Talabalar 3 kishidan (eng kamida 1ta ayol talabadan) iborat bo‘lgan guruh tashkil etishlari va munozaralarda mavzu bo‘yicha faol ishtirok etishlari talab etiladi. Munozaralarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida suv resurslarini barqaror boshqarish, ulardan oqilona foydalanishda innovatsiyaning tutgan o‘rni, shu sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlariga doir masalalar muhokama qilinadi.

15 MART

14:00-16:00

«Suvni asraylik!» mavzuidagi kulgi munozaralari (Comedy Battle)

Ishtirokchilar: OTM talabalari

Talablar: Talabalar 3 kishidan (eng kamida 1ta ayol talabadan) iborat bo‘lgan guruh tashkil etishlari va tadbirda mavzu bo‘yicha faol ishtirok etishlari talab etiladi. Tadbir 3 bosqichli tanlovlardan iborat bo‘lib, talabalar jamoasi barcha tanlovlarda ishtirok etadilar.

  • 1-tanlov: Kundalik hayotda suvdan tejamkorliksiz foydalanish haqidagi ijtimoiy va kulgiga asoslangan video roliklar tanlovi (har bir video rolik 3 daqiqadan oshmasligi lozim)
  • 2-tanlov: Suvni tejash bo‘yicha ilg‘or innovatsion texnologiyalar va amaliyotlar haqidagi taqdimotlar tanlovi (har bir taqdimot 3 daqiqadan oshmasligi lozim)
  • 3-tanlov: Ochiq mikrofon: 50 yildan so‘ng suvni tejash bo‘yicha innovatsion texnologiyalar to‘g‘risidagi mutoyibalar, hazil yangiliklar va fantaziyalar tanlovi (har bir chiqish 20 soniyadan oshmasligi lozim)

16 MART

13:00 -14:00

«Suvni tejash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar va texnologiyalar» mavzuida ko‘rgazma

Ishtirokchilar: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilari, suvni tejash texnologiyalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi loyiha va tashkilotlar, yosh olimlar.

Talablar: Talabalar va o‘qituvchilar tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan suvni tejash bo‘yicha texnologik uskunalar va jihozlar maketi; tashkilotlar va loyihalar tomonidan ishlab chiqilgan texnik uskunalar; yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlanmalari ko‘rgazmada taqdim etiladi.

14:00-17:00

«Innovatsion yondashuv va suv resurslarini barqaror boshqarish» mavzuida Butun jahon suv kunini nishonlash marosimi

Maqsad: Butun jahon suv kuniga bag‘ishlanib uch kun davomida o‘tkazilgan tadbirlarning yakuniy hisoboti bilan tanishtirish, turli nominatsiyalar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash.

BUTUN JAHON SUV KUNINI NISHONLASH DOIRASIDA O‘TKAZILADIGAN TANLOVLAR G‘OLIBLARI[i] FAXRIY YORLIQLAR VA QUYIDAGI QIMMATBAHO SOVG‘ALAR BILAN TAQDIRLANADILAR:

  • Qattiq disk
  • Planshet
  • 1 yil davomida ingliz tili kursiga bepul qatnashish imkoniyatini beruvchi sertifikat
  • 1 yil davomida fotosuratlar va grafikalar kursiga bepul qatnashish imkoniyatini beruvchi sertifikat
  • O‘zbekiston milliy ensiklopediyasining 12-tomli to‘plamini qo‘lga kiritish imkoniyatini beruvchi sertifikat

Tanlovlarda ishtirok etish uchun murojaatlar qabul qilish tartibi:

Tanlovlarda ishtirok etishni xohlagan talaba yoki talabalar jamoasi tashkiliy qo‘mitaga yozma yoki og‘zaki shaklda murojaat etib, ma’lum bir tanlovda yoki barcha tanlovlarda ishtirok etishini ma’lum qilishi va o‘z FIShni yoki jamoa nomini qayd ettirishi lozim. Yozma yoki og‘zaki shakldagi murojaatlar tashkiliy qo‘mita tomonidan joriy yilning 7-mart kunigacha qabul qilinadi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi, 11-bino, 2- qavat. Tel. 237-22-67, 237-09-46.

Batafsil ma’lumot bilan www.tiiame.uz veb-saytida tanishish mumkin.