Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Joriy yil 3 mart, soat 9-00 da Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.27.06.2017.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar majlisi o‘tkaziladi.

10:12, 26.02.2018      

Joriy yil 3 mart, soat 9-00 da Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.27.06.2017.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar majlisi o‘tkaziladi.

KUN TARTIBI:

1. Pazlitdinova Nargiza Zuriddinovnaning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tili fitonimlarining leksik-semantik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.

2. Qo‘ziev Umidjon Yandashalievichning “O‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda o‘zlashma so‘zlar tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.

3. Gafurova Surayyo Ulug‘bekovnaning “Salohiddin Toshkandiy “Lug‘oti salos” asarining leksikografik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlisga ilmiy seminar a’zolari va barcha mutaxassislar taklif etiladi.

Manzil: Farg‘ona shahri, Al-Farg‘oniy ko‘chasi 42, Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti binosi, o‘zbek tilshunosligi kafedrasi, 2-qavat, 211 - xona.