Tabiiy fanlar fakultetida Zulfixonim tavalludi xamda 8-mart xalqaro xotin- qizlar kuniga bag'ishlab “Baxor malikasi “ ko'rik tanlovi o'tkazildi

16:49, 06.03.2018      

bf73cc18d9-dsc6932

94bf00cfb1-dsc6906

5 mart kuni universitet katta majlislar zalida tabiiy fanlar fakultetida doimiy an'naga aylangan “ Baxor malikasi ” ko'rik tanlovi o'tkazildi. Ko'rik tanlovda fakultetda mavjud kimyo, biologiya,geografiya, tuproqshunoslik , ekologiya yo'nalishlardan eng iqtidorli talabala qizlar 4 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar.


Ko'rik tanlov natijasiga ko'ra ekologiya yo'nalishi talabasi Madinaxon Ashurova umumiy 83 bal to'plab “Eng zukko” , kimyo yo'nalishi talabasi Dilobar Ibroximova umumiy 82 bal to'plab “Eng orasta” , biologiya yo'nalishi talabasi Sadoqatxon Ibroximova umumiy 90 bal to'plab “Eng bilimdon” geografiya yo'nalishi talabasi Xamidaxon Qodirova umumiy 96 bal to'plab “Eng iqtidorli ” talaba nominatsiyalarini, tuproqshunoslik yo'nalish talabasi Muxlisaxon Mo'minoxunova umumiy 98 bal to'plab “Baxor malikasi ” 1-darajali diplomini qo'lga kiritdi. Tadbir davomida talabalar ijrosida kuy-qo'shiq, raqs, saxna ko'rinishlari namoyish qilindi. Tadbir so'ngida fakultet dekani Sh.Mamajonov jamoat ishlarida faol ishtirok etgan bir gurux ayol professor-o'qituvchi hamda o'quv yordamchi xodimlarni faxriy yorliq va estalik sovg'alar bilan taqdirladi.