Bahor sayli

09:52, 07.03.2018      

8eb721d217-b8c9ba83-00e2-4399-8087-8bf4049b4835

2018 yil 6 mart kuni filologiya fakulteti talabalari istiqomat qiladigan 2-talabalar turar joyida “Bahor sayli” tadbiri o'tkazildi. Tadbirda universitet rahbariyati, filologiya fakulteti jamoasi qatnashdi. Barcha talabalarga sumalak tayyorlandi.


Tadbirda talabalar turar joyi 2-qavatining “Quvnoq qizlar” jamoasi, 3-qavatining “Odnosemiya” jamoasi, 4-qavatining “rus.uz” jamoasi tanishtiruv, talabalik hayoti, “Talabalik oltin davrim” shartlari bo'yicha kompozitsion chiqishlari bilan bellashdilar. Dasturdan o'rin olgan qo'shiq, raqs, sahna va videoroliklar namoyishi talabalarda katta taassurot qoldirdi. Talabalar va professor-o'qituvchilar tomonidan shu kabi tadbirlar talabalr bo'sh vaqtini mazmunli tashkillashga xizmat qilishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bir oila bo'lib yashashi uchun katta katta ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.