Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar, talaba qizlar!

17:47, 07.03.2018      

1d59fb8530-1

Assalomu alaykum aziz muhtarama ayollar, ona-singillar va hurmatli talaba-qizlar!

Sizlarni bahorning ilk kunlarida yaqinlashib kelayotgan go`zallik va nafosat, samimiylik va bahor ayyomi 8 mart - Xalkaro xotin-kizlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugun kunda Uzbekistonda ayollarni kadrlash, muhtarama onalarimizni e`zozlash, ularii har tomonlama ko`llab - kuvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat siyosatining eng ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi. SHu sababdan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda ayollar faollligi yuksalib, jamiyat hayotida munosib o`ringa ega.

Istiqlol bergan imkoniyatlar bugun ayolni an`anaviy kasbi - korlari shifokorlik, tarbiyachilik, o`qituvchilik qatorida jamiyatning eng faol a`zosi, davlat arbobi, tashabbuskor tadbirkor darajasiga chiqarib qo`ydi. Jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollar faolligi, o`rni va roli tobora ortib bormokda.

Yurtimizda 8-mart Xalkaro xotin-qizlar kuni sharqona urf-odatlar, xalqning milliy kadriyatlari, an`analari asosida bayram qilinadi. Uzbekistonda bu kun rasmiy ravishda dam olish kuni etib belgilangan. Mazkur bayramda, Uzbekiston xalqi tomonidan xogin-qizlarga yuksak hurmat va ehtirom ko`rsatiladi.

Ushbu bayramda erkaklar o`z onalariga, turmush o`rtoklariga va kizlariga gullar va eng samimiy tilaklar bilan sovgalarni beradilar. Bizlar uchun naqadar Aziz bo`lgan ayollar shu kunlarda yanada e`zozlanadi, ko`klarga ko`tariladi. Aziz va muqaddas onalarimiz, ayollarimiz, aziz opa- singillarimizni har qancha e`zozlasak arziydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilangizga qut-baraka tilayman. Farzandlar baxtiga, biz erkaklar baxtiga doimo omon bo`linglar. Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin.

Bayramingiz muborak bo`lsin aziz ayollar!