Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Talabalar turar joylarida bahor nafasi

18:15, 07.03.2018      

Fasllar kelinchagi bo’lmish bahor fasli bayramlarga boy hisoblanadi. Respublikamiz bo’ylab hukm surayotgan bayram ruhi Farg’ona davlat universitetini ham chetlab o’tmadi.

7c13615463-aaa

Kuni kecha 4-Talabalar turar joyida butun fizika-matematika fakulteti ishtirokida 8-mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami” munosabati bilan “Assalom bahor” nomli katta bayram kechasi va sumalak sayli o’tkazildi.

Doshqozonlarda sumalak va milliy taomimiz palov tayyorlana boshladi. Hammada bayramona kayfiyat uyg’onganidan so’ng tadbirni boshlashga navbat yetib keldi.

Tadbirni ochib berish uchun fakultetimiz o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari X.O’rinov so’zga chiqdi. U o’z so’zida yaqinlashib kelayotgan 8-mart xalqaro xotin qizlar kuni bilan talaba qizlarimizga hamda Navro’z ayyomi bilan barchaga tabrik yo’lladi. Shundan so’ng iqtidorli talabalarimiz tomonidan milliy urf-odatlarimizni o’zida aks ettirgan raqs va qo’shiqlar ijro etildi. Yigit va qizlar tomonidan tuzilgan “Yangi yulduzlar” jamoasining chiqishi tomoshabinlar kayfiyatini yanada ko’tarilishiga olib keldi. Tadbirda faol va shu yili tanlovlarda g’olib bo’lgantalabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O.Erkaboyev faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirladi. Keyin esa milliy taomimiz bo’lmish palov dasturxonga tortildi. Tashrif buyurgan mehmonlarimiz “mo’jizaviy” taom sumalak atrofida jam bo’ldilar. Barchani yuzida o’zgacha kayfiyat hukm surdi.

Ushbu bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun har bir talaba bor kuch va imkoniyatlaridan foydalanishdi. Shuning uchun bo’lsa kerak sumalak juda ham mazali bo’lib pishdi. Erta tongda barchaga tarqatildi. So’ngra barcha talaba yoshlar betakror sumalak ta’midan bahramand bo’lishdi.