Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY-AMALIY ANJUMANNING AXBOROT XATI

18:39, 30.03.2018      

2018 yil 25 may kuni Farg`ona davlat universitetida “Real sektor va xizmat ko`rsatish tarmoqlarini modernizaцiyalash yordamida mintaqalarni muvozanatli rivojlantirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo`lib o`tadi.

Anjuman ishtirokchilarini ro`yxatga olish 9:00 dan 9:45 gacha davom etadi. Anjuman 10:00 da boshlanadi.

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi yo`nalishlardagi ilmiy-tadqiqot natijalari bo`yicha muhokamalar o`tkaziladi:

1-sho``ba. Mintaqalarni kompleks va muvozanatli rivojlantirish omillari va mexanizmlari.

2-sho``ba. Real sektor korxonalari faoliyatining rivojlanishida bozor infratuzilmasi va xizmat ko`rsatish sohalarining o`rni.

3-sho``ba. Mintaqalarni kompleks va muvozanatli rivojlantirishning aholi samarali bandligi va turmush farovonligi o`zgarishiga ta`siri.

4-sho``ba. Mintaqalarda turizm sohasi va turizm infratuzilmasining rivojlanish istiqbollari.

5-sho``ba. Turizm klasterlari shakllanishining mintaqalarni kompleks va muvozanatli rivojlanishiga ta`siri.

DIQQAT: Taqdim etilgan tezislarda yuqorida ko`rsatib o`tilgan yo`nalishlar bo`yicha ilmiy-tadqiqot natijalari o`z aksini topgan bo`lishi shart. O'tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda Respublikamiz Oliy va o`rta maxsus ta`lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining professor-o`qituvchilari va mutaxassislari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari hamda iqtidorli talabalari, shuningdek xorijiy oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari va tadqiqotchilari qatnashishi mumkin.

Taqdim etilayotgan maqola va anjuman materiallarini rasmiylashtirish tartibi:

1. Anjuman materiallari bir nusxada va elektron shaklda tezis (Aliyev_tezis) ko`rinishida WORD 2007-2016 formatida Times New Roman shriftida, 14 keglь, satrlar oralig`i 1,5 interval, sahifalar chapdan va yuqoridan 2,5 sm, pastdan va o`ngdan 2 sm qoldirilgan holda bo`lishi lozim.

2. Birinchi qatorda, sahifaning o`rtasida bosh va qalin xarflar bilan maqolaning nomi, 2-qatorda muallifning ismi-sharifi, 3-qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, 4-qatordan maqola matni yoziladi.

3. Asosiy matn satrlar oralig`i 1,5 intervalda, satr boshi – 1 sm, satrlarni eniga to`g`rilash, so`zlarni boshqa qatorga ko`chirish avtomatik tarzda bo`lishi kerak.

4. Adabiyotlarning to`liq ro`yxati asosiy matndan so`ng ko`rsatilishi, manba va adabiyotlarga ishora (ssilka)lar asosiy matn ichida [1] ko`rinishida bo`lishi lozim.

5. Taqdim etilayotgan tezislar hajmi 3-6 betgacha bo`lishi mumkin.

6. Anjumanning tashkiliy badali va materiallar to`plamining nashr xarajatlari uchun har bir sahifasiga 12 000 so`m, talabalar uchun 8 000 so`m belgilangan. Anjumanda faol qatnashgan ishtirokchilar anjumanning so`nggi yalpi majlisida sertifikat bilan taqdirlanishi ko`zda tutilgan.

7. Anjuman materiallari o`zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

8. Talablarga javob bermaydigan maqola va tezislar qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

DIQQAT! Anjumanda ishtirok etish uchun tezislar 2018 yilning 1 may kuniga qadar qabul qilinadi. Tashkiliy qo`mita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega. Manzil: Farg`ona shahar, Murabbiylar ko`chasi 19 uy. Anjuman o`tkazish uchun mas`ul: Iqtisodiyot kafedrasi. e-mail: fdu_iqtisodconference@mail.ru