O'zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Farg`ona davlat universiteti AXBOROT XATI

18:47, 30.03.2018      

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasida 2018 yilda xalqaro va respublika miqyosida o`tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ga asosan Farg`ona davlat universitetida 2018 yil 20 aprel kuni “Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy yetukligini rivojlantirishda psixologiya fanining roli” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkaziladi.

Anjumanning quyidagi sho``balar asosida olib boriladi:

• yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, ro`yobga chiqarish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda fanlarning tutgan o`rni va ta`lim tizmining roli;

• demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolik tuyg`usini rivojlantirishda ijtimoiy institutlar va tashkilotlarning tutgan o`rni;

• Mamlakatimizda iqtisodiyotni har tomonlama va jadal rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, ishlab chiqarishni modernizaцiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashda yoshlarning tutgan o`rni, muammo va yechimlar;

• yoshlar bandligini ta`minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqiy ongi va madaniyati darajasini yuksaltirish hamda huquqbuzarlik oldini olishning dolzarb masalalari;

• fan, san`at, sport va madaniyat sohasida yoshlarning ijodiy iste`dodi va qobiliyati psixodiagnostika, psixokorrekцiyasi, ularni rivojlantirish, rag`batlantirish xamda qo`llab-quvvatlashning psixologik-pedagogik muammo va yechimlari;

• yoshlarni terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo`ravonlik va shafqatsizlik g`oyalaridan himoya qilish, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlashda yoshlar bilan bog`liq dolzarb masalalar;

Anjuman tili: o`zbek va rus tillarida

Mualliflar uchun ma`lumot

Anjumanga yuborilgan maqolalar ilmiy to`plam shaklida chop etiladi. Taqdim etilgan maqola tezislarida keltirilgan ma`lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar shaxsan javobgardir. Ekspertlar taxriridan o`tmagan maqola tezislari to`plamga kiritilmaydi hamda mualliflarga qaytarilmaydi. Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:

- maqola tezislari matni MS Office dasturining Word 97, 2003 muharrirligida Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda bo`lishi lozim;

- matn xajmi 3 betdan kam bo`lmasligi va 5 betdan oshmasligi lozim.

- maqola tezisi matni A4 hajmidagi qog`ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o`ngdan 1,5 sm. joy qoldirib yoziladi.

- mavzuning nomi avtomatik tarzda bosh harflar bilan qoraytirilgan holda o`rtaga keltirib yoziladi, keyingi qatorlarga ma`ruzachi(lar)ning I.SH.O. hamda ilmiy darajasi va unvoni, tashkilot nomi, muloqot telefonlari kodi bilan ko`rsatiladi.

- maqola tezislarining tahrir qilingan holda qog`oz va elektron nusxalari tashkiliy qo`mitaga topshiriladi.

Eslatma:

- nashr xarajatlari uchun maqola tezisining har bir sahifasiga 10000 so`mdan haq to`lanadi.

- maqola tezislari 2018 yil 10 aprelga qadar qabul qilinadi.

Hammualliflik 2 nafardan oshmasligi shart. Manzil: Farg`ona davlat universiteti, pedagogika fakulteti, “Psixologiya” kafedrasi Mas`ullar: Isaqova Muazzam To`lqinovna (+99891-126-16-91, 93-647-87-89) va Usmonov Sherzod Axmadjonovich (+99891-328-41-57). Elektron pochta manzili: muzayana68 @mail.ru, tolerantli@umail.uz