Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

2018 yil 5-aprel kuni “Chet tillarini o`qitish metodikasining dolzarb masalalari” mavzusida o`tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumani HISOBOTI

13:43, 09.04.2018      

2e94208caf-1

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 6 martdagi “2018 yilda ilmiy-tadqiqot va oliy ta`lim muassasalari tomonidan o`tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar to`g`risida”gi 178-F- sonli Farmoyishiga muvofiq Farg`ona davlat universitetida 2018 yil 5 aprel kuni Farg`ona Davlat Universiteti axborot resurs markazining katta zalida Chet tillari fakulteti, fakultetlararo chet tillari kafedrasi tomonidan “Chet tillarini o`qitish metodikasining dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo`lib o`tdi.

1. Anjuman mavzusi: Chet tillarini o`qitish metodikasining dolzarb masalalari

2. Anjuman maqomi: Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani.

3. Anjumanning ilmiy yo`nalishi, maqsad va vazifalari:

• Respublikamizda yosh tadqiqotchilarning ilmiy faolligini oshirish;

• chet tili fanlarining zamonaviy rivojini kengroq yoritish;

• chet tili darslariga innovasion metodikani olib kirish va uni amalda dars jarayonida qo`llash;

• bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini keng ommaga targ`ib etish va amaliyotga joriy etishga ko`maklashish.

4. Muhokama qilingan masalalar:

• Anjumanda til o`qitishning nazariy masalalari;

• xorijiy tillarni o`qitishda zamonaviy innovasion yondashuvlar;

• kadrlar tayyorlashda mutaxassislikka yo`naltirilgan xorijiy tilni o`qitish muammolari masalalari ko`rib chiqildi.

Konferensiyada Respublika bo`yicha professorlar va Qirg`iziston Respublikasining Qirg`iz-o`zbek va O'sh Davlat Universiteti professor o`qituvchilari tashrif buyurishdi va o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.