Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI QO'SHIMCHA TA`LIM XIZMATI MARKAZI TAYYORLOV KURSLARIGA BEPUL O'QISHGA MARHAMAT!

09:32, 10.04.2018      

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi PQ-2761-sonli “Qonun xujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarori xamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktyabrdagi № 812-son “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli xarbiy xizmatni imtiyozli o`tab qaytgan xarbiy xizmatchilarning ma`naviy-ma`rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish tizimini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o`tagan fuqarolarning o`qishga kirishga tayyorgarlik ko`rishlarini tashkil etishni amalga oshirish maqsadida QO'SHIMCHA TA`LIM XIZMATI MARKAZI qisqa muddatli (4 oylik) “Maxsus tayyorlov kurslar” ini tashkillanganini ma`lum qiladi.

Qisqa muddatli tayyorlov kurslari quyidagi umumta`lim fanlari yo`nalishlari bo`yicha tezkor usulda test sinovlariga tayyorlaydi.

A) Ijtimoiy – gumanitar yo`nalishi:

(Tarix, o`zbek tili va adabiyoti, chet tili)

B) Iqtisodiyot va aniq fanlar yo`nalishi:

(Matematika(informatika), chet tili (yoki fizika),

o`zbek tili va adabiyoti)

C) Kimyo, biologiya va tibbiyot yo`nalishi:

(Kimyo, biologiya, o`zbek tili va adabiyoti)

tinglovchilar qabul qilinadi.

Muddatli xarbiy xizmatni o`tab qaytgan fuqarolarni test sinovlariga qisqa muddatda tayyorlash uchun markaz tomonidan bir qancha imkoniyatlar yaratilgan;

- Muddatli harbiy xizmatni o`tab qaytgan fuqarolar uchun bepul asosida qisqa muddatli «Maxsus tayyorlov kurslar»i;

- “Maxsus tayyorlov kurslar”i mashg`ulotlariga yuqori malakali, ko`p yillik pedagogik ish stajiga ega bo`lgan professor-o`qituvchilarni jalb qilish;

- “Maxsus tayyorlov kurslar”i fanlari dars jadvali asosida o`z vaqtida samarali o`tishini ta`minlash;

- “Maxsus tayyorlov kurslar” tinglovchilarini kitob bilan ishlash, axborot resurs markazi, uslubiy qo`llanmalar, badiiy adabiyot kutubxonalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish

Qisqa muddatda test sinovlariga tayyorlanmoqchimisiz bu qulay imkoniyatdan foydalaning!

Manzil: Farg`ona davlat universiteti, Qo`shimcha ta`lim xizmati markazi (tayyorlov bo`limi). 3-talabalar turar joyi binosi.

Telefon:244-44-87. (+99890 308-37-48)