2018 yil 10 aprel kuni 6-sonli talabalar turar joyida Iqtisodiyot kafedrasi tomonidan “Kafedra kuni” tadbirlari o`tkazildi. Tadbirda dekan o`rinbosari O'.Rajabov, iqtisodiyot kafedrasi mudiri v.v.b. Sh.Abdisamatov, kafedra o`qituvchilari A.Asraqulov, A.Mirzayev, S.Xazratqulov, 6 - sonli TTJ tarbiyachi-pedagogi Z. Latipova hamda 30 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida professor-o`qituvchilar tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – mardlik va adolat timsoli” va “Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta`siri” mavzularida ma`ruzalar qilindi.
Tadbirda talabalar ham faol ishtirok etishdi. Jumladan, mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish yo`nalishi 1-kurs talabalari A.Muxtorov va M.Abduraxmonovlar “Ajdodlar merosi, uning tarixiy ahamiyati”, “Konfliktli vaziyatlar va ularni bartaraf etish” mavzularida qiziqarli ma`lumotlar va maxsus tayyorlangan taqdimotlar bilan ishtirok etishdi.