Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

11:15, 13.04.2018      

78a95cc5d4-1

2018 yil 11 aprel kuni Farg‘ona davlat universiteti chet tillar fakulteti nemis va fransuz tillari kafedrasida “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.



724fb6b378-2

Anjumanni Farg‘ona davlat universiteti prorektori, dotsent Q.G‘oziev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Anjuman yalpi yig‘ilishida Germaniyadan kelgan dotsent K.Gusev “Diskutieren als komplexer kommunikativer Akt im universitären Fremdsprachenunterricht Deutsch”, Andijon davlat universiteti professori E.Umarxo‘jaev “Leksikografiya hamda lingvodidaktikaning uzviy bog`liq masalalari xususida”, professor G‘.Xoshimov “Giperbola konseptual semantikasi tekstemik vebalizatorlarining strukturalturlari tipologiyasi”, Jizzax davlat universiteti professori Z.Pardaeva “Filosofiya xudojestvennogo mыshleniya pisatelya”, Farg‘ona davlat universiteti dotsenti M.Qahhorova “Kommunikativ metodning o`ziga xos xususiyatlari” va Germaniyalik talaba V.Xalux “Schriftreformprojekte in Usbekistan – eine Uebersicht” mavzularidagi ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Yalpi yig‘ilish so‘ngida savol-javob va munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Tushdan so‘ng quyidagi sho’balarda ish olib borildi.

I sho’ba. Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar

II sho’ba. Tilshunoslikning dolzarb muammolari

III sho’ba. Kognitiv tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari

IV sho‘ba. So‘zlashuv nutqi va nutq madaniyati masalalari

Sho’ba yig`ilishlaridagi qizg‘in munozaralarda anjuman ishtirokchilari, jumladan yosh olimlar, magistrantlar va talablar faol ishtirok etishdi.