O'zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Farg`ona davlat universiteti AXBOROT XATI

15:45, 14.04.2018      

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi178-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ga asosan Farg‘ona davlat universitetida 2018 yil 24 aprel kuni “Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy etukligini rivojlantirishdapsixologiya fanining roli” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Anjumanning quyidagi sho‘balar asosida olib boriladi:

  • yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, ro‘yobga chiqarish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda fanlarning tutgan o‘rni va ta’lim tizmining roli;
  • demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolik tuyg‘usini rivojlantirishda ijtimoiy institutlar va tashkilotlarning tutgan o‘rni;
  • Mamlakatimizda iqtisodiyotni har tomonlama va jadal rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashda yoshlarning tutgan o‘rni, muammo va echimlar;
  • yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqiy ongi va madaniyati darajasini yuksaltirish hamda huquqbuzarlik oldini olishning dolzarb masalalari;
  • fan, san’at, sport va madaniyat sohasida yoshlarning ijodiy iste’dodi va qobiliyati psixodiagnostika, psixokorreksiyasi, ularni rivojlantirish, rag‘batlantirish xamda qo‘llab-quvvatlashning psixologik-pedagogik muammo va echimlari;
  • yoshlarni terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda yoshlar bilan bog‘liq dolzarb masalalar;

Anjuman tili: o‘zbek va rus tillarida

Mualliflar uchun ma’lumot

Anjumanga yuborilgan maqolalar ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi. Taqdim etilgan maqola tezislarida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar shaxsan javobgardir. Ekspertlar taxriridan o‘tmagan maqola tezislari to‘plamga kiritilmaydi hamda mualliflarga qaytarilmaydi.

Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:

- maqola tezislari matni MS Office dasturining Word 97, 2003 muharrirligida Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda bo‘lishi lozim;

- matn xajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi va 5 betdan oshmasligi lozim.

- maqola tezisi matni A4 hajmidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib yoziladi.

- mavzuning nomi avtomatik tarzda bosh harflar bilan qoraytirilgan holda o‘rtaga keltirib yoziladi, keyingi qatorlarga ma’ruzachi(lar)ning I.SH.O. hamda ilmiy darajasi va unvoni, tashkilot nomi, muloqot telefonlari kodi bilan ko‘rsatiladi.

- maqola tezislarining tahrir qilingan holda qog‘oz va elektron nusxalari tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi.

Eslatma:

- nashr xarajatlari uchun maqola tezisining har bir sahifasiga10000 so‘mdan haq to‘lanadi.

- maqola tezislari 2018 yil 10 aprelga qadar qabul qilinadi. Hammualliflik 2 nafardan oshmasligi shart.

Manzil:

Farg‘ona davlat universiteti, pedagogika fakulteti, “Psixologiya” kafedrasiMas’ullar: Isaqova Muazzam To‘lqinovna (+99891-126-16-91, 93-647-87-89) va Usmonov SHerzod Axmadjonovich (+99891-328-41-57).

Elektron pochta manzili: muzayana68 @mail.ru,tolerantli@umail.uz