YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI AMALDA

13:19, 17.04.2018      

1270aa5947-photo2018-04-1713-12-38

Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining Farg`ona viloyati saralash bosqichi Farg`ona davlat universitetida 2018 yil 16 aprel kuni o`tkazildi.



ff5874a3a5-photo2018-04-1713-13-07“Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi PF-5106-son Farmoni, shuningdek, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar dasturi” hamda oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni O'zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, o`zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo`yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini xayotga tatbiq etish ko`nikmalarini shakllantirish, ularga o`z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida o`tkazilmoqda.

Mazkur tanlovning viloyat saralash bosqichi hamkor tashkilotlarning 2018 yil 16 martda qabul qilingan Qo`shma qarorga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Farg`ona davlat universiteti, Farg`ona viloyat Adliya vazirligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg`ona viloyat Kengashi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Farg`ona hududiy bo`linmasi hamkorligida tashkil etildi.

“Tafakkur sinovlari” tanlovining viloyatdagi oliy o`quv yurtlari o`rtasida Farg`ona davlat universitetining “Sarbon”, Farg`ona politexnika institutining “Ma`rifatparvar”, Qo`qon davlat pedagogika institutining “Kelajak”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filialining “Barkamol avlod” hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialining “Aviцyena” jamoalari “Yoshlar ovozi”, “Tezkor savol-javob”, “Muammo va yechim” hamda “Sahnada tafakkur sinovi” shartlari bo`yicha o`zaro bellashdilar.

Tanlovda Farg`ona davlat universitetining “Sarbon” jamoasi faxrli 2-o`rin va faol ishtiroki uchun nominaцiya g`olibi bo`ldi, Qo`qon davlat pedagogika institutining “Kelajak” jamoasi faxrli 1-o`rinni egallab tanlov g`olibi deb e`lon qilindi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filialining “Barkamol avlod”, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialining “Aviцyena”, Farg`ona politexnika institutining “Ma`rifatparvar” jamoalari munosib ishtirok etib, ular tomonidan namoyish etilgan sahna ko`rinishlari hakamlar Hay`ati va talaba-yoshlar tomonidan e`tirof etildi.