TANIQLI SAN`ATKOR BILAN IJODIY UCHRASHUV

13:31, 17.04.2018      

df726afb5d-1

2018 yil 12-13 aprel kuni Farg`ona davlat universitetida O'zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Shohida Uzoqovaning talabalar bilan ijodiy uchrashuvi o`tkazildi.


Mazkur tadbirda ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor A.Dehqonov, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i A.Salmonov, fakultet ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosarlari, ishchi-xodimlar va 1200 nafar talabalar ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Shohida Uzoqovaning hayoti va ijodiy faoliyati bilan talabalar yaqindan tanishib, kino va teatr sohasidagi uzoq yillardan buyon olib borgan ishlari hamda teatrda ijro etgan rolidan parchalar namoyish etdi. Ijodiy kechada konsert dasturi namoyish etilib, qo`shiq va raqslar ijro etildi.