ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRAMIZ

14:39, 17.04.2018      

0714a805f4-1

O'zbekiston Republikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3514-sonli qarori “O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorini ijrosini ta`minlash maqsadida 2018 yil 15 aprel kuni filologiya fakulteti rus tili yo`nalishi 17.62 “R” guruh talabalari, guruh murabbiyi M.E.Tursunova mas`ulligida qadimiy shahar – Qo`qon xonligining so`ngi hukmdori Xudoyorxon o`rdasiga tashrif buyurdilar.


Muzyey xodimasi Axmedova Madinaning ma`lumotlariga ko`ra, muhtasham saroy kompleksi 1871 yilda qurib bitkazilgan va haybati bilan kishini hayratga soladi. Saroy binosi O'rta Osiyo me`morchilik an`analari asosida katta kirish arkasi va 4 ta minora bilan bezatilgan holda bunyod etilgan: 2 ta minora peshtoqining 2 tomonida joylashgan bo`lsa, yana 2 tasi peshtoqning shimol va janubida joylashgan. Bugungi kunda bu yerda o`lkashunoslik muzyeyi va Qo`qonning tarixi haqida so`zlovchi yeksponatlar o`rin olgan. Xudoyorxon saroyidan talabalar shu kabi ko`plab ma`lumot va tassurotlar olishdi.

Talabalar kulolshunoslik buyumlari va idishlari yasash bo`yicha Respublikamizda nom chiqargan Rishton shahrida bo`lib, nozik, jarangdor naqshlar bilan qoplangan san`at namunalaridan bahramand bo`ldilar. Ushbu tashrifdan yesdalik sifatida turli xil buyumlar olishdi. Sayohat barcha talabalarda ajoyib taassurot qoldirda va mamlakatimiz tarixiga bo`lgan qiziqishini yanada oshirdi.