Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish strategiyalar

18:45, 23.04.2018      

8aaaf2bee7-dsc5177

2018 yil 20-21 aprel kunlari Farg‘ona davlat universitetida “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish strategiyalari” mavzusida Respublika ilmiy - amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya quyidagi masalalarda ish olib bordi:
• Yangi pedagogik yondashuvlar va ularning kasbiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari.
• Pedagogik ta’lim mazmunini akmeologik yondashuv asosida modernizatsiyalash va boyitishga oid xalqaro tajribalar.

• Akmeologik yondashuv asosida yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash va ularning malakasini muntazam oshirish tizimini modernizatsiyalash.
• Akmeologik yondashuv asosida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish mexanizmlari.
Anjumanda 215 dan ziyod, shunigdek plenar yig‘ilishda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva dalat universiteti professori, f-m.f.d M.I.Kumskov “Spetsialist po analizu dannыx-perspektivnaya kompetensiya nashix studentov”, O‘zPFITI professori, p.f.d., Xalqaro Pedagogik ta’lim Akademiyasi akademigi R.G.Safarova “Akmeologik yondashuv asosida uzluksiz pedagogik ta’lim mazmunini modernizatsiyalash muammolari”, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva dalat universiteti Toshkent shahridagi filiali prorektori i.f.n., dotsent A.B.Mamanazarov “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o‘qitishda interfaol metodlarni qo‘llash talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish omili”, Buxoro davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi B.B.Ma’murov “Akmeologik yondashuv asosida ta’lim jarayonini loyihalash prinsiplari”, Farg‘ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti G.Kahharova “Linguokultrologiyda akmeologik yondashuvlarga asoslangan tadqiqotlar” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Anjuman sho‘’balarda ishini davom etirdi hamda yakunida qaror va tavsiyalar qabul qilindi.