Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

Chingiz Aytmatov 90 yoshda

13:21, 16.05.2018      

5 may kuni chet tillari fakultetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchilari va horijiy til va adabiyoti yo`nalishi 17.68 guruh talabalari tomonidan “CHingiz Aytmatov 90 yoshda” nomli ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi. Tadbirda fakultet dekani A.Qosimov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 aprel kuni qabul qilingan “Buyuk adib va jamoat arbobi CHingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to`g`risida”gi 3645 sonli Qarorining mazmun-mohiyati haqida ma`lumot berdi.


Tadbir mehmoni filologiya fakulteti MMIB dekan o`rinbosari X.Do`stmatov o`z fikr mulohazalarini bildirib o`tdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan CH.Aytmatov haqida buyuk adiblarning fikrlari tinglanildi. Yozuvchining mashhur asarlari haqida ma`lumot berilib, talabalar tomonidan sahna ko`rinish namoyish etildi. Tadbirda CH.Aytmatov asarlari ko`rgazmasi ham namoyish etildi.