Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

Bolalar bizning kelajagimiz

17:19, 16.05.2018      

2018 yil 15 may kuni, Fizika – matematika fakulteti ma`naviy - ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari O.Erkaboyev boshchiligida matematika o`qitish metodikasi 2-kurs 16.03 guruh talabalari hamda matematika kafedrasi o`qituvchisi M.Abdumannopovlar bilan birgalikda Farg`ona shahar Oybek ko`chasi 7-uyda joylashgan Farg`ona viloyati Sog`liqni saqlash tasarrufidagi Bolalar uyi muassasasida talabalar “Bolalar bizning kelajagimiz” mavzusida tadbir tashkillandi.


Talabalar o`z chiqishlarida bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalarning yuzlarida tabassum va qalblarida quvonchni ko`rib beixtiyor ko`zlari namlanib hayotga bo`lgan muhabbatlari ortganini takidlab o`tishdi. Tadbirdan so`ng talabalar tomonidan tarbiyalanuvchilarga esdalik sovg`alar tarqatib ularga olam – olam quvonch va zavq bag`ishladilar va shunga o`hshash tadbirlarni tez – tez o`tkazib turishga muassasa xodimlari bilan kelishib olishdi.