Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish davom etmoqda

15:04, 07.06.2018      

5f876d8f15-dsc2500

Janubiy Koreya yuksak darajada taraqqiy etgan, ulkan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va intellektual salohiyatga ega davlat sifatida dunyoda e`tibor qozongan.


Koreya Respublikasi bilan O'zbekiston Respublikasi turli yo`nalishlar bo`yicha strategik sheriklardir, jumladan Koreya ta`lim tizimi tajribasini o`rganish va davlatimiz ta`lim tizimiga joriy qilish jarayoni ketmoqda.

Farg`ona davlat universiteti Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yib kelmoqda. Jumladan, Koreyaning Chonnam milliy universiteti, Soil universitetlari bilan memorandumlar imzolangan.

2018 yilning 6 iyun kuni Janubiy Koreyaning Kenmyong universiteti vakillari Keymyong universiteti Osiyo markazining direktor o`rinbosari janob Kim Sungvan va Osiyo markazining xodimi Kim Bora xonimlar tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad – universitet bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish.

Mehmonlarni universitet rektori professor R.Maksudov qabul qildi. Uchrashuvda har ikkala taraf o`zining universiteti haqidagi ma`lumotlarni taqdim qildi va hamkorlik qilish yo`nalishlarini belgilab oldi. Hamkorlikning asosiy yo`nalishlaridan biri – talabalar almashinuvi. Kyonmyong universiteti vakillari koreyalik talabalarni O'zbekiston universitetlarida o`qish istagini bildirishganini alohida ta`kidlab o`tishdi. Universitetlar o`rtasida hamkorlik shartnomalari imzolangandan so`ng, talabalalar almashinuvi yo`lgan qo`yilishi rejalashtirildi.