Janubiy Koreyalik mehmonlar pedagogika kafedrasida

08:59, 08.06.2018      

d8a22c85cc-photo2018-06-0703-34-43

Universitetga Janubiy Koreyaning Kenmyong universiteti vakillari tashrif buyurdilar. Mehmonlar Keymyong universiteti Osiyo markazining direktor o`rinbosari janob Kim Sungvan va universitet Osiyo markazining xodimi Kim Bora xonim, tashrifi davomida Pedagogika kafedrasida bo`ldilar.


Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad universitet bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatishdan tashqari, “Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi” yo`nalishi professor-o`qituvchilari va talabalarining o`quv jarayonida ijodiy muhitini o`rganish, ularning ijodkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish hamda o`zlari faoliyat olib borayotgan muassasadagi talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni solishtirishdan iborat bo`ldi. Uchrashuv so`ngida mehmonlar tomonidan kelgusidagi kafedra bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish bo`yicha o`zaro kelishib oldilar.