Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Farg`ona davlat universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi o`tkazildi

17:23, 08.06.2018      

2018 yil 8 iyun kuni Farg`ona davlat universitetining katta majlislar zalida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi tomonidan yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish, mamlakatimizning nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan partiyaning uzviy hamkorligini yo`lga qo`yish, markaziy va hududiy partiya tashkilotlari Ijroiya apparatlariga siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida davr talablariga javob bera oladigan, yetarli bilim va malakaga ega bo`lgan kadrlarni ishga qabul qilish uchun tanlash, ularni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish, yoshlarni siyosiy tadbirlar va saylovoldi jarayonlariga keng jalb etish kabi ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi o`tkazildi.

Loyiha doirasida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi bilan memorandum imzolandi. Ushbu memorandumga muvofiq partiya vakillari talabalar uchun prezyentatsiya tashkil qilib ularni partiya tashkilotlariga amaliyot o`tashga, partiya faoliyati bilan yaqindan tanishishga taklif etdi.