Kichik ko`rgazmalardan xalqaro tanlovlar sari

15:35, 13.06.2018      

9a398749f0-1

Pedagogika fakulteti “Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi” yo`nalishi 2-bosqich 16.215-guruh talabasi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Qurbonova Mushtariybegim Baxtiyor qizi Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida o`tkazilgan “Art world 2018” nomli I xalqaro ijodkorlik onlayn konkursida ishtirok etib, birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.


Mushtariybegim tasviriy san`atning miniatyura yo`nalishida ijod qilib keladi. Uning asarlari bugungi kunda xalqaro darajadagi tanlovlarga qo`yilmoqda. U o`z asarlarida o`zbek xalqi hayoti, milliy urf-odatlar va an`analarni adras, atlas kabi milliy matolarda tasvirlamoqda.

48e4efe198-2