Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Bitiruvchilarga qo`shaloq bayram bo`ldi

16:31, 02.07.2018      

997ea7f9ef-2

4c07a97210-photo2018-07-0216-13-18

Farg`ona viloyatida ham Yoshlar kuni katta shodiyonalar bilan nishonlanmoqda. Farg`ona davlat universitetida bakalavriat ta`lim yo`nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo`yicha o`qishni tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bayram tadbirlarini boshlab berdi.


fc0ef55f8c-photo2018-07-0216-13-23

a28d43d03d-photo2018-07-0216-13-36

O'zlari qiziqqan mutaxassislik bo`yicha chuqur bilim va ko`nikma hosil qilgan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda mehnat faoliyatini boshlash arafasida turgan yigit-qizlar quvonchiga ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari sherik bo`ldi.

O'zbekiston xalq shoiri E. Siddiqova, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbari o`rinbosari B. Shermuhammedov, universitet rektori R. Maksudov va boshqalar mamlakatimizda zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha izchil ishlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi.

Mamlakatimizdagi oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Farg`ona davlat universiteti ham nufuzli ta`lim maskanlaridan biri bo`lib, bu yerda salohiyatli mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Universitetda zamonaviy o`quv va moddiy-texnik baza yaratilgan. O'quv, ilmiy-uslubiy bo`linmalar, kafedralar o`qitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy mahsulotlar bilan ta`minlangan. O'qitish zamonaviy uslub va texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Mazkur o`quv yilida ushbu oliy ta`lim muassasasini bitirayotgan 1522 nafar yigit-qizga bakalavr diplomi topshirildi. 12 mutaxassislik bo`yicha 27 nafar talabaga magistrlik darajasi berildi.

– Bugun biz, yoshlar uchun qo`shaloq bayram, – deydi bitiruvchi, “SHuhrat” medali sohibi Elyor Xudoyberdiyev. – Yurtimizda ilk bora nishonlanayotgan Yoshlar kunida qo`limizga mutaxassislik diplomini oldik. Ayniqsa, Prezidentimizning O'zbekiston yoshlariga bayram tabrigini eshitib, yanada bugun quvonchga to`ldik. Albatta biz, o`z bilimimiz va ish faoliyatimiz bilan bu ishonchni oqlaymiz.