Farg`ona davlat universitetida 2018/2019 o`quv yili qabulida o`tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar haqida

18:04, 25.07.2018      

4e7d6f990a-photo2018-07-2517-52-11 Farg`ona davlat universitetida 2018/2019 o`quv yili qabulida bakalavriatning kunduzgi yo`nalishlari – musiqa ta`limi, tasviriy san`at va muxandislik grafikasi, jismoniy madaniyat (o`zbek, rus yo`nalishlar va xotin-qizlar sporti) yo`nalishlari hamda bakalavriatning maxsus sirtqi yo`nalishlari - musiqa ta`limi, tasviriy san`at va muxandislik grafikasi, jismoniy madaniyat (o`zbek, rus yo`nalishlar) yo`nalishlari bo`yicha 2018 yil 25 iyul kunidan 5 avgustga qadar o`tkazilishi belgilangan.

Jumladan, 25 iyul kuni:

Musiqa ta`limi (kunduzgi) yo`nalishi bo`yicha: ushbu ta`lim yo`nalishiga hujjat topshirgan 60 nafar abituriyent uchun (qayd raqami 10001 dan 10060 gacha) kasbiy (ijodiy) imtihon pedagogika fakulteti binosidagi “Nilufar” studiyasida soat 8:00 dan boshlab o`tkazildi.

382f14578e-photo2018-07-2517-52-16Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi (kunduzgi) yo`nalishiga qalamtasvir va rangtasvir imtihonlari: ushbu yo`nalishiga hujjat topshirgan 60 nafar abituriyent uchun (qayd raqami 8001 dan 8060 gacha) tabiiy fanlar fakulьteti binosidagi 320-, 321-auditoriyalarda soat 8:00 dan boshlab qalamtasvir, soat 14:00 dan boshlab rangtasvir imtihonlari o`tkazildi. Bundan tashkari, qayd raqami 8061 dan 8120 gacha abituriyentlar uchun tabiiy fanlar fakulteti binosidagi 214-auditoriyada soat 8:00 dan boshlab chizmachilik bo`yicha imtihon o`tkazildi. 46ae6377c8-photo2018-07-2517-51-10

Jismoniy madaniyat (kunduzgi o`zbek, rus va xotin qizlar sporti; maxsus sirtqi o`zbek va rus) yo`nalishlariga yengil atletika bo`yicha: jismoniy madaniyat (kunduzgi o`zbek, rus va xotin qizlar sporti) yo`nalishlariga hujjat topshirgan 600 nafar abituriyent uchun (o`zbek yo`nalishiga qayd raqami 22001 dan 22420 gacha, rus yo`nalishiga qayd raqami 23001 dan 23060 gacha, xotin-qizlar sporti yo`nalishiga qayd raqami 23501 dan 23620 gacha) Sport-sog`lomlashtirish majmuasida soat 7:00 dan boshlab yengil atletika bo`yicha imtihonlar o`tkazildi.

Ota-onalar, kuzatuvchilar barcha kasbiy imtixonlarning o`tkazilish jarayonlarini to`g`ridan-to`g`ri vazirlikning koorporativ tarmog`i orqali kuzatib bordilar. Tasdiqlangan jadval asosida 2018 yil 25 iyul kuniga jami 780 nafar abituriyent kasbiy imtixonlarni topshirishi rejalashtirilgan.