O'zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 3-son bayoniga muvofiq Farg`ona davlat universitetida 2018/2019 o`quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olishga ruxsat etildi.

18:11, 25.07.2018      

Oliy ta`lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olishga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot olmoqchi bo`lgan shaxslar universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

• ta`lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;

• oliy ma`lumot to`g`risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan

• 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;

• 086-U shakl bo`yicha tibbiy ma`lumotnoma;

• pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

• Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko`rsatiladi.

QABUL KOMISSIYASI.