Oliy ta`lim muassasalari talabalarining o`qishini ko`chirish va qayta tiklash bo`yicha komissiya o`z ishini boshladi

18:15, 25.07.2018      

Oliy ta`lim muassasalari talabalarining o`qishini ko`chirish va qayta tiklash bo`yicha arizalar 2018 yil 15 iyuldan 5 avgustga qadar qabul qilinadi.

O'qishini ko`chirish va qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar qo`yidagi hujjatlarni taqdim etishi so`raladi:

1. Ko`chirish (qayta tiklash)ni istagan ta`lim yo`nalishi (mutaxassisligi), o`quv tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza (arizada o`qigan oliy ta`lim muassasasi va ta`lim yo`nalishi (mutaxassisligi), ko`chirish (qayta tiklash) sabablari, ko`chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko`rsatiladi);

2. Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma`lumotnoma nushalari;

3. Pasportning nusxasi (asli ko`rsatiladi).