Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

2018 yil 27sentyabr kuni Farg`ona davlat universitetida adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Akbarali Sabirdinov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Filologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida o`tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman

09:21, 11.09.2018      

АХБОРОТХАТИ

Sizni 2018 yil 27sentyabr kuni Farg'ona davlat universitetida adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Akbarali Sabirdinov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Filologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida o'tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz. Anjuman tili: o'zbek, rus, ingliz.

ANJUMAN SHO'BALARI

1. O'zbek adabiyoti tarixi, adabiy jarayon va poetika masalalari.

2. Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik masalalari.

3. Tilshunoslikda antropotsyentrik tadqiqotning o`rni.

4. Stilistika va nutq madaniyati masalalari.

5. Til va adabiyotni innovatsion texnologiyalar asosida o`qitish.

Anjuman materiallarini nashr etish rejalashtirilgan. Tanlangan masalani yoritishda muammoviy yondashuvga e`tibor qaratish talab etiladi. Maqolaning chop etilishi tanlov asosida aniqlanadi.

Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar 2018 yilning 15 sentyabrь kuniga qadar quyidagi tartibda o`z maqolalarini taqdim etishlari so`raladi:

• ma`ruza materiallari MS WORD dasturida Times New Roman (barcha tildagi maqolalar uchun) shriftida rasmiylashtiriladi;

• belgilar o`lchami 14 da yoziladi;

• qog`oz o`lchovi A4 (210-297 mm);

• hamma tomondan 2 sm joy qoldirilishi zarur;

• mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirib qog`ozning o`rtasiga avtomatik tarzda keltirib yoziladi, keyingi qatorga ma`ruzachining ismi-familiyasi, uchinchi qatorga ma`ruzachining ish joyi yoziladi;

• qatorlar orasidagi interval – 1,5;

Eslatma: maqolalar 3-5 bet hajmda 2 nusxa qog`ozda va elektron variantda topshirilishi lozim (mualliflar tashkiliy masalalar va to`plam uchun maqolaning har bir sahifasiga 10000 so`m miqdorida badal to`lashlari zarur).

Rasmiylashtirish talablariga javob bermagan maqolalar nashr qilinmaydi.

Manzil: Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi 19,

FarDU, o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi.

Tel: 8(373) 244-66-02; +99891-677-30-86

E–mail: guzalfayz76 @mail.ru