Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

FarDU da Xotin – qizlar qo`mitasi boshlang`ich Tashkilotining hisobot – saylov ANJUMANI

15:53, 14.09.2018      

61985ba3b3-1

Ayolni e`zozlash, ayolga ehtirom ko`rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan xotin-qizlarni qo`llab quvvatlash bo`yicha ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarga shart-sharoitlar yaratish, ularga bo`lgan yuksak e`tibor sifatida “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutining mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son Farmoni yaqqol misoldir.


Farg`ona davlat universitetida ham shu farmon ijrosini ta`minlash yuzasidan ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda.

2018 yil 13 sentyabrda Farg`ona davlat universitetida Xotin – qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkilotining hisobot – saylov anjumani bo`lib o`tdi. O'tkazilgan ushbu anjumanda onaxon faxriylarimiz, professor-o`qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. SHu jumladan anjumanga Farg`ona shahar hokimining o`rinbosari, xotin – qizlar qo`mitasining raisi D.SH.Xodjayeva ham tashrif buyurdi. Anjumanni universitet rektori, professor Ravshan Maksudov o`zining samimiy tilaklari bilan ochib berdi. Barchamiz uchun aziz va mo`tabar bo`lgan ayolga cheksiz hurmat bajo keltirishimiz kerakligi, Yurtimizda ayollarga ko`rsatilayotgan katta e`tibor, bugungi kunda xotin – qizlarimiz barcha jabhalarda o`z o`rniga ega bo`lib, katta yutuqlarga erishayotganligi haqida alohida to`xtalib o`tdi.

Farg`ona davlat universitetida faoliyat olib borayotgan faol ayollar va faxriylar esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar.

Shundan so`ng talabalar o`zlarining tayyorlagan badiiy chiqishlarini yig`ilganlar e`tiboriga havola etdilar. Muhtaram ayollarimiz hamda aziz onalarimizni tarannum etuvchi kuy-qo`shiqlar barchaning ko`nglini xushnud etdi.

1e93dc8ed7-2

6f5fd3bee8-3