Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Farg`ona davlat universiteti 2019 yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo`yicha tayanch doktorantura(PhD)va doktorantura(DSc)ga hujjatlar qabul qilish boshlanganligini e`lon qiladi

13:29, 05.10.2018      

Farg`ona davlat universiteti 2019 yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo`yicha tayanch doktorantura(PhD)va doktorantura(DSc)ga hujjatlar qabul qilish boshlanganligini e`lon qiladi:

- 02.00.10 – Bioorganik kimyo – 1 ta o`rin (PhD);

- 03.00.05 – Botanika, 03.00.06. Zoologiya – 1 ta o`rin (PhD);

- 03.00.13 – Tuproqshunoslik – 1 ta o`rin (PhD);

- 07.00.01 – O'zbekiston tarixi – 1 ta o`rin (PhD);

- 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi – 1 ta o`rin (PhD);

- 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa – 1 ta o`rin (PhD);

- 10.00.01 – O'zbek tili. O'zbek adabiyoti – 2 ta o`rin (PhD);

- 13.00.02 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi – 1 ta o`rin (PhD);

- 10.00.01 – O'zbek tili. O'zbek adabiyoti – 1 ta o`rin (DSc).

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim to`g`risida Nizom”ning 16, 18-20-bandlariga asosan

Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo`lganlar qabul qilinadi:

magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma`lumot to`g`risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo`yicha) ega bo`lganlar;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertaцiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo`lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo`nalishlar bo`yicha ikkitadan kam bo`lmagan ilmiy ishlar to`plamlariga kiritilgan ma`ruza tezislariga ega bo`lganlar.

Tayanch doktoranturada o`qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

*ariza;

*qisqacha biografik ma`lumotnoma;

*mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

*oliy ta`lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot

*fanlari uchun), oliy ma`lumot (mutaxassislik dasturlari bo`yicha) to`g`risidagi diplom nusxasi;

*nashr etilgan ilmiy ishlar ro`yxati, shuningdek ularning nusxalari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Doktoranturaga quyidagilarga ega bo`lganlar qabul qilinadi:

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olinganilmiy darajalar;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so`ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertaцiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo`lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferenцiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo`nalishlar bo`yicha ilmiy ishlar to`plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo`lish.

Doktoranturada o`qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

*ariza;

*qisqacha biografik ma`lumotnoma;

*mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

*oliy ma`lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo`lganligi to`g`risidagi diplom nusxasi;

*tadqiqot mavzusi bo`yicha ilmiy ma`ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertaцiyasi rejasining mufassal loyihasi;

*nashr etilgan ilmiy ishlar ro`yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Nomzodlarning hujjatlari 2018 yilning 15 oktyabrigaqadar universitetning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limida qabul qilinadi.