Rus tili fani o`qituvchilari uchun vebinarlar

10:54, 20.09.2017      

Rossiya xalqlar do’stligi universitetining rus tili o’qituvchilarini malakasini oshirish fakulteti 2017 yil 22 va 26 sentyabr kunlari bo’lib o’tadigan vebinarlarga taklif qiladi. Vebinarlar rus tilini o’qitishdagi dolzarb muammolar va Rossiya ta’lim texnologiyalari, ta’lim usullari bilan tanishishga qaratilgan.

Vebinarlar doirasida oqituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan tashkilotchilarga murojaat qilishlari va mutaxassislar tomonidan javob olishlari ham ko’zda tutilgan.

Vebinarlarni o’tkazilish vaqti: 22.09.2017 9:00-18:30

26.09.2017 9:00-14:00

Vebinardan ro’yhatdan o’tish:

https://learneasy.online/index.php/vebinary