Rektor buyrug`i

18:57, 25.09.2017      

Mutaxassislik fanlaridan malakaviy

imtihon tashkil qilish to`g`risida

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarning mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlarni tashkil qilish borasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaцiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/6-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyundagi 2764-1-raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`limga qo`yilgan Davlat talablari" va “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim to`g`risidagi Nizom” hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaцiya komissiya raisining 2017 yil 29 avgustdagi 01-11/1157, 30 avgustdagi 01-11/1158-sonli xatlari (tartib-qoida komissiyasining 28.08.2017y.dagi № 8/9 qarori) ga asoslanib,

B U Y U R A M A N

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaцiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/6-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyundagi 2764-1-raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`limga qo`yilgan Davlat talablari" va “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim to`g`risidagi Nizom” hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaцiya komissiyasining 2017 yil 29 avgustdagi 01-11/1157 sonli, 30 avgustdagi 01-11/1158-sonli xatlariga binoan:

02.00.10-“Bioorganik kimyo” ixtisosligi bo`yicha malakaviy imtihonini o`tkazish yuzasidan quyidagi tarkibda imtihon komissiyasi tuzilsin:

• A.H.Xaitbayev – FarDU, kimyo fanlari doktori, rektor, rais;

• A.A.Ibragimov – FarDU professori, kimyo fanlari doktori, rais o`rinbosari;

• R.S.Dexqonov – NamDU doцyenti, kimyo fanlari nomzodi, a`zo

• V.U.Xo`jayev - QDPI, kimyo fanlari doktori, fakulьtet dekani, a`zo;

• SH.V.Abdullayev - NamDU professori, kimyo fanlari doktori, a`zo;

• Yu.T.Isayev – AnDU doцyenti, kimyo fanlari nomzodi, komissiya kotibi;

02.00.09-“Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi bo`yicha malakaviy imtihonini o`tkazish yuzasidan quyidagi tarkibda imtihon komissiyasi tuzilsin:

• A.A.Ibragimov – FarDU professori, kimyo fanlari doktori, rais;

• SH.Qirg`izov – AnDU doцyenti, kimyo fanlari nomzodi, a`zo;

• I.A.Abdugafurov - AnDU professori, kimyo fanlari doktori, a`zo;

• M.Yu.Isaqov - QDPI doцyenti, kimyo fanlari nomzodi, komissiya kotibi;

• Yo.Abdug`aniyev - FarDU doцyenti, kimyo fanlari nomzodi, a`zo;

• N.Ismoilov - FarDU doцyenti, kimyo fanlari nomzodi, a`zo;

2. Malakaviy imtihonlarni topshiruvchilar ro`yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3.“Malakaviy imtihonlarni o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Nizom bandlariga qat`iy rioya qilgan holda o`tkazilishiga ruxsat berilsin.

4. 02.00.10-“Bioorganik kimyo”, 02.00.09-“Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosliklari bo`yicha malakaviy imtihonni o`tkazuvchi komissiya kotiblariga:

4.1. Malakaviy imtihon o`tkazilishi bo`yicha hujjatlarni Nizom talablari asosida yuritilishini ta`minlash;

4.2. Malakaviy imtihonni topshiruvchi talabgorlarning olgan baholarini halol va shaffof, qonun talablariga amal qilgan holda qayd qilish, yig`ilish bayonnomalarini o`z vaqtida rasmiylashtirib, elektron hamda qog`oz variantda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

5. Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi boshlig`i U.Nazirovga:

5.1. «Malakaviy imtihon» topshiruvchilarning hujjatlar yig`ma jildini kotiblardan qabul qilib olish;

5.2. «Malakaviy imtihon»ni o`tkazilishi bo`yicha ma`lumotlarni universitet saytiga joylashtirish;

5.3. Malakaviy imtihon o`tkazilishidan kamida besh kun oldin malakaviy imtihonlar o`tkazilishi bo`yicha ma`lumotlarni OAK ka taqdim etish;

5.4. 02.00.10-“Bioorganik kimyo”, 02.00.09-“Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosliklari bo`yicha malakaviy imtihon natijalarini umumlashtirish;

5.5. «Malakaviy imtihon» yakunidan so`ng imtihon natijalari bo`yicha OAKka ma`lumot taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

6. 2017 yil 27 sentyabr kuni Farg`ona davlat universiteti xuzuridagi PhD. 27.06.2017. K.05.01 raqamli ilmiy kengash huzurida 02.00.10-“Bioorganik kimyo”, 02.00.09-“Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosliklari bo`yicha malakaviy imtihon (soat 14:00 da, 8-o`quv binosi 207-211 auditoriyalarida)o`tkazilishi belgilab qo`yilsin.

7. Bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi M.Eminovga malakaviy imtihon oluvchi komissiya a`zolariga tegishli hujjatlar taqdim etilgandan so`ng qonunda o`rnatilgan tartibda soatbay hajmida ish haqi to`lash vazifasi yuklatilsin.

8. Ushbu buyruq bajarilishining nazoratini o`z zimmamda qoldiraman.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaцiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/6-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyundagi 2764-1-raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizomga o`zgartirishlar kiritish haqida”, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`limga qo`yilgan Davlat talablari" va “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim to`g`risidagi Nizom” hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaцiya komissiyasining 2017 yil 29 avgustdagi 01-11/1157, 30 avgustdagi 01-11/1158-sonli xatlari.

Rektor A.Xaitbayev

Buyruq ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limida tayyorlandi.

Rasmiylashtirdi U.Nazirov

Mas`ul:

IIB prorektor M.Hakimov

Kelishilgan:

Huquqshunos B.Axmadjonov

KB boshlig`i A.Jumaboyev

Buyruq tarqatilsin: IIB prorektorga -1n., IIPTKBga-1n., Kimyo kafedrasiga -1n., o`zbek tili va adabiyoti kafedrasiga -1 n., devonxona – 1n., Buxgalteriyaga 1n., KBga 1n., jami -6 nusxa.

Universitetning

2017 yil ______dagi

____-sonli buyrug`iga ilova

Farg`ona davlat universiteti xuzuridagi PhD. 27.06.2017. K.05.01 raqamli ilmiy kengash huzurida malakaviy imtihon topshiruvchilar ro`yxati

№ Talabgorning F.I.SH. Ish joyi lavozimi Malakaviy imtihon ixtisoslik nomi

1 Oxunov Isroil Islomovich O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi instituti, ilmiy xodim 02.00.10-“Bioorganik kimyo”

2 Igamberdiyeva Parizod Qadirovna Farg`ona davlat universiteti, katta o`qituvchi 02.00.09-“Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash”