Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Ta`limdagi hamkorlik

09:12, 08.11.2018      


Filologiya fakulteti rus tili yo`nalishi talabalari tomonidan Farg`ona shahridagi 41-sonli ixtisoslashgan umumta`lim maktabida taniqli rus shoiri A.Blok ijodiga bag`ishlangan ochiq mashg`ulot o`tkazildi.


Fakultet talabasi N.Meliboyeva tomonidan yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda o`tkazilgan ushbu mashg`ulotda shoir hayoti va ijodi haqida axborot berish bilan birga, badiiy adabiyotning inson ma`naviyatini shakllantirishdagi o`rni haqida ham fikrlar yuritildi. Mashg`ulot davomida shoir ijodidan namunalar o`qildi. Bu kabi tadbirlar talabalarning oliy o`quv yurtida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliyotda qo`llash ko`nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.